42
xususiyatlarini yo‟qotmaydi. Yaxlab qolgan piyozlar asta-sekinlik bilan tevarak muhit haroratiga
ko‟nikkuncha tutib turiladi. Qavo haroratining birdaniga o‟zgarishi uning sifatining buzilishiga olib
keladi. Ko‟pincha bunday piyozlarda turli xil mikroorganizmlar tez rivojlanadi.
Saqlash mobaynida piyozning o‟sib ketishi, ya‟ni kurtakdan yangi piyozbosh hosil bo‟lishi
yoki
gulpoya chiqishi piyozboshning saqlanish haroratiga bog‟liq. Piyozbosh
past haroratda (-10°S)
saqlansa,
piyozdagi kurtaklardan gul navdalar hosil bo‟ladi. Bu haroratdan yuqori (18-20°S) yoki aksincha, past
(0°S dan past) haroratda saqlanganda kurtak o‟sib ketadi. Piyozning ana shu
biologik
xususiyati uni
saqlashda hisobga olinadi. Piyozbosh shu sababli yuqori (18-20°S dan ortiq) haroratda yoki aksincha, past
(0°Sdan past) haroratda saqlanadi. Bunday haroratda piyoz o‟sib ketmaydi. Urug‟lik uchun mo‟ljallangan
piyozboshni 2 dan 10°S gacha haroratda saqlash tavsiya etiladi. Piyozni saqlashda havoning namligi 70-
75% bo‟lishi kerak. Lekin havo namligi sovitiladigan omborlarda 80-90% bo‟lishi mumkin. Bunda
piyozning terlashiga yo‟l qo‟ymaslik lozim.
Sovitilmaydigan sabzavot omborlarida saqlash davrida (oktyabrdan-aprelgacha)
vazni kamayishidan
7-10% gacha, shuningdek, chirish va haddan tashqari o‟sib ketishida saqlash tartibiga va saqlash oldidan
piyozlar xolatiga qarab 3-4% dan 20% gacha nobud bo‟ladi.
Bundan tashqari, quruq qobiq xolidagi
chiqindilar 0,05-5% gacha chiqishi mumkin. Piyoz va sarimsoqning tabiiy kamayish me‟yorlari 12-
jadvalda keltirilgan.
12-jadval