• Ishning borishi
  • 1-амалий машғулот




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/86
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,24 Mb.
    #262670
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
    Bog'liq
    birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

    Jihoz va materiallar:
    adabiyotlar, kalkulyator, qalam, mevalarning pishganlik darajasini aniqlovchi 
    asbob, doimiy ombor sxemalari. 
    Nazorat savollari;
    1. D
    oimiy omborlarda mevalar va uzumni saqlashni halq ho‟jaligidagi axamiyati.
    2. Mevalarning pishganlik darajasini aniqlash va uni aniqlovchi asboblarning qanday turlari bor ? 
    3. Olma va boshqa urug‟li mevalarni saqlash tartibi va sharoitlari qanday?
    4. Uzumni saqlash rejimi va saqlash usullrini keltiring.
     
    17-amaliy mashg‟ulot. 
    DOIMIY OMBORLARDA POLIZ MAXSULOTLARINI SAQLASH 
    Darsning maqsadi.
    Talabalarga poliz mahsulotlarini doimiy omborda saqlashni o‟rgatish. 
    Qadimdan qo‟llanilib kelinayotgan usullari va yangi texnalogiyalardan farqi vaafzalliklari xaqida 
    talabalarni tanishtirish.
    Ishning borishi
    ;Yetilgan poliz mahsulotlari iste‟mol uchun yangiligicha kelib turadigan mavsum 
    iyun oyining oxiridan tortib, to oktyabr oyining oxirigacha bo‟lgan davr bilan cheklanadi. Mahsulotni 
    saqlash ishlarini to‟g‟ri uyushtirish yo‟li bilan tarvuz mevalari iste‟mol qilinadigan davrni 2-3 oyga, 
    qovun mevalarini bo‟lsa 5-6 oygacha, qovoq mevalari saqlanib tura oladigan davrni esa, to yangi hosil 
    etilgunicha uzaytirish mumkin. 
    Mahsulotni saqlashning biologik xususiyati mevalar uchun ulardan suv qochishini kamaytiradigan, 
    nafas jarayonlari va boshqa fiziologik-biokimyoviy jarayonlarni susaytiradigan sharoitlarni yaratib 
    berishdan iborat. 
    Mevalarning 
    saqlashga 
    nechog‟lik 
    yaroqliligi meva po‟sti-perikarpiy va eti-mezokarpiyning 
    tuzilishiga, kimyoviy tarkibiga bog‟liq. Yeti qattiq va tarkibida pektin moddalari ko‟p bo‟ladigan mevalar 
    yumshoq etli va tarkibidagi pektin moddalari kam bo‟ladiganlariga qaraganda saqlashga ko‟proq 
    moslashgan. Masalan, po‟stlog‟ida pektin moddalari kam (quruq moddaga nisbatan 2-5% gacha) bo‟lgan 
    kovunlar saqlash va transportda tashishga yaramaydi; shu moddalar miqdori 8-10% ga boradigan mevalar 
    esa transportda tashishga yaraydi-yu, lekin uzoq turmaydi; bu moddalarning mikdori 10% ga boradigan 
    mevalar transportda tashishga va saqlab qo‟yishga ancha yaroqli bo‟ladi. 


    47 
    O‟rta Osiyo turlariga mansub qovun navlari saqlashga yaroqliligi jihatidan bir-biridan ancha farq 
    qiladi. Nav nechog‟lik kechpishar bo‟lsa va o‟rtapishar navlarda meva shakllanishidan boshlab, to 
    pishgunicha o‟tadigan davr nechog‟lik uzoq davom etsa, bu navlarning saqlab qo‟yishga yaroqliligi 
    shunchalik yuqori bo‟ladi. Bitta nav doirasida birmuncha quyi tartibdagi barg qo‟ltiqlarida shakllanib 
    borgan mevalar, shuningdek eti qalin va urug‟ bo‟shlig‟i birmuncha katta bo‟ladigan nav mevalari eti 
    yupqa bo‟ladigan nav mevalariga qaraganda yaxshiroq hisoblanadi, shu bilan birga bir muncha mayda 
    mevalar yiriklariga qaraganda uzoqroq saqlanadi. Qovun mevalari saqlab qo‟yilgan paytda bug‟lanish 
    natijasida namini yo‟qotadi va nafas olish va boshqa fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning davom etib 
    borishi uchun zahira bo‟lib turgan oziq moddalarini sarflaydi. O‟zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va 
    kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining ma‟lumotlariga qaraganda qovun mevalarida bo‟ladigan nam 
    yo‟qolishi 15 foizdan ortganida kritik darajaga etadi. Mana shundan keyin mevalar ayniydi va saqlanib 
    turmaydi. Mevalar saqlab qo‟yilganida nam yo‟qolishi birinchi oyda ayniqsa yuqori bo‟ladi. Kuzgi-qishki 
    navlarda sovitilmaydigan omborlarda mevalarda nam yo‟qolishi birinchi 15 kun ichida 4-5 foizni, 
    ikkinchi 15 kunda 2-3 foizni, saqlash muddatining ikkinchi oyi mobaynida esa 2,5-3,2 foizni, uchinchi 
    oyida 1,8-2,5 foizni, to‟rtinchi oyida 1,8-2,4 foizni tashkil etadi. Yertapishar navlarda esa dastlabki 15 
    kun mobaynida 13 foiz, o‟rtapishar navlarda 6-8 foiz atrofida nam yo‟qolib boradi. Shu munosabat bilan 
    ertapishar qovunni faqat 5-10 kun, o‟rtapishar qovunlarni esa, 20 kungacha saqlab qo‟ysa bo‟ladi. 
    Mevalardan qancha suv qochishi ularning nechog‟lik etilgani va qanday usulda saqlab qo‟yilganiga 
    ham ko‟p darajada bog‟liq. 
    Kuzgi-qishki qovun navi mevalarini uzoq saqlab qo‟yish yuzasidan mamlakatimizda to‟plangan 
    katta xalq tajribasi bor. Xorazm va Buxoro viloyatlari, Farg‟ona vodiysi polizkorlarining orttirgan 
    tajribasi ayniqsa diqqatga sazovordir. Bu o‟lkalarda mahalliy sharoitlarga moslangan o‟ziga xos qovun 
    omborlaridan foydalaniladi, qovunxonalar deb shularni aytiladi (Rasulov A., 1995). 
    Xorazm viloyatidagi qovunxonalar devorlari qalin (0,8-1 m), baland binolardan iboratdir (ularning 
    balandligi 4-6 m keladi). 
    Tomi loysuvoq qilib yopilgan: Yeriga kanallarni tozalash mahalida chiqadigan va quritib olingan 
    botqoq qumi to‟kib quyiladi. Qovunxonaning ichida qovunlarni osib qo‟yish uchun shpalellar buladi. 
    Shpalellar bir-biridan 1 m qochirib o‟rnatiladi. Ko‟p miqdorda qovunni saqlash kerak bo‟lsa, mevalar bir 
    qator qilib erga ham terib qo‟yiladi. Qavo haroratining keskin o‟zgarishlariga yo‟l qo‟ymaslik uchun 
    qovunxonaga kiraverishda dahliz bo‟ladi. Shamol o‟tib turishi uchun qovunxona devorlarining biridan 
    tuynuklar ochiladi, bularni havo issiq vaqtida kunduzi yopib kechasi ochib qo‟yiladi, havo sovuq paytida 
    tuynuklar berkitiladi. Ortiqcha namni yo‟qotish uchun og‟ilxonadan 1 m chuqurlikda o‟ra ochilib, uni 
    quruq qamish bilan to‟ldiriladi-da, ustiga quruq qum yoki devor tuprog‟i to‟kib qo‟yiladi. 
    Buxoro viloyatida qovunxonalar sizot suvlari chuqur joylashgan balandroq erlarga uzunligi 6-7 m, 
    eni va balandligi 4 m qilib quriladi. Devorlari paxsa devor bo‟lib, qalinligi asosidan o‟lchanganida 1-2 m, 
    ustki qismida esa 0,7 m keladi. Tomi qamish bilan yopilib, ustiga tuproq to‟kiladi-da, loy bilan suvab 
    qo‟yiladi. Qovunxonani shamollatib turish va haroratini bir me‟yorda saqlash uchun bir-biriga qarama-
    qarshi ikki devori bilan kirish eshigining qarshisidagi devoridan terib qo‟yilgan mevalardan 0,5-1 m 
    balandlikda bo‟ladigan qilib teshiklar ochiladi. Shiftiga havo tortuvchi ikkita quvur o‟rnatilib, mo‟ri 
    qilinadi. Bunday qovunxonalarga 1000 donagacha mevalar osiladi. 
    Farg‟ona vodiysida er yuzasidan hisoblaganda 1 m chuqurlikda qilib quriladigan yarim podval 
    ko‟rinishidagi qovunxonalar rasm bo‟lgan Ularning balandligi 2-2,5 m. Qavo o‟tib turishi uchun yon 
    tomonidan kichikroq tuynuk ochiladi. Tomiga esa havo tortuvchi quvur o‟rnatiladi. Qavo harorati 
    ko‟tarilib boradigan bahor kezlari qovunxona faqat tunda shamollatib turiladi Bu xildagi kovunxonalarda 
    kuzgi-qishki qovun navlari may oyiga qadar saqlanadi.
    Qovunni osib qo‟yib, stellajlar va yashik yoki konteynerlarga joylab saqlanadi. Qovun meva bandi 
    pastga qarab turadigan xolda qovg‟a bog‟lamlarga bog‟lab yoki paxta ipdan to‟qilgan to‟rxaltalarga tik 
    qilib joylab osib qo‟yiladi. 
    Qovg‟a - daryo, ko‟l va botqoqlarning bo‟ylarida o‟sadigan qamishdir. Uni o‟rib olib, so‟litib 
    ko‟yiladi. Ishlatish oldidan qaynoq suv bilan part qilinib, ajratiladi. Qar bir dona qovunni uzunasiga va 
    ko‟ndalangiga qarab bog‟lab chiqiladida, qovg‟aning erkin uchlari arqoncha qilib o‟rib qo‟yiladi (1-
    rasm).
    Qovun saqlanadigan to‟rxaltalarni tayyorlash uchun ip yigirish korxonalarining chiqindilaridan 
    foydalaniladi. Qar bir to‟rxalta kamida besh yil xizmat qiladi. 
    Qovunni stellajlarda uzoq muddat saqlash uchun mevalar poxol, payraxa, qovg‟adan diametri 18-20 


    48 
    sm va balandligi 6-8 sm qilib yasaladigan chambaraklarga meva bandini pastga qaratib, tik holda terib 
    chiqiladi, chambaraklarni bir necha yil davomida ishlatish mumkin. Qovun ba‟zan chambaraklarga emas, 
    balki to‟kib qo‟yilgan don yoki qum ustiga tik qilib terilgan holda ham saqlanadi. 
    Qovunni uzoq muddat saqlashga oid horijiy tajribalardan Turkmanistonda qo‟llaniladigan usul 
    diqqatga sazovordir, bunda qovun qattiq tortilgan yirik ko‟zli to‟r stellajlarda qovg‟a chambaraklari ustiga 
    terib qo‟yib saqlanadi. 
    Tarvuz.
    Tarvuz qobig‟ining qattiqligi uni mexanik shikastlanishdan saqlaydi va uzoq muddatga 
    saqlanishini ta‟minlaydi. 
    Saqlanadigan tarvuz pishish davrining boshlang‟ich qismida yig‟ishtirib olinadi. Bunda tarvuz 
    navga xos kattalikka va urug‟i navga xos rangga kirganda dumchasi bilan birga uziladi. 
    Tarvuzni yuklash oldidan vaqtincha 0,75 m balandlikkacha uyib saqlash mumkin. Ularni konteyner 
    yoki tagiga to‟shama va orasiga poxol solib ikki qator qilib terib avtomashinada tashiladi. 
    Tarvuzni pishmasdan yoki pishib o‟tib ketgan paytlarda uzib olish tavsiya qilinmaydi. 
    Uni chiptaga bog‟lab va to‟rlarga solib osib saqlanishi mumkin. Bunda o‟rtacha kattalikdagi 
    tarvuzlar tanlab olinadi. Tarvuz tara usulida tagiga to‟shama solingan katak yashiklarga bir qavat terib 
    ham saqlanadi. Tarvuzni uzoq muddat maxsus omborlarda saqlasa ham bo‟ladi.Tagiga poxol yoki 
    payraxa solingan stellajlardan ham foydalanish mumkin (2-rasm).
    Tarvuzlarni saqlashda havo harorati 5-7°S va namligi 8,0-85% bo‟lishi tavsiya qilinadi. Bunday 
    muhitda tarvuzni uch oygacha va undan ko‟proq muddat saqlash mumkin. Omborlardagi tarvuzning 
    holati muntazam ravishda kuzatilib boriladi. 
    Poliz mahsulotlarini, xususan tarvuzni sabzavot va kartoshka bilan birga bir omborda saqlash 
    mumkin emas. 
    Qovoq
    . Qovoqning saqlanadigan navlari juda qattiq bo‟lib, ular uncha katta bo‟lmay, og‟irroq 
    bo‟ladi. Saqlashning dastlabki davrida unda kraxmal moddasi ko‟p bo‟ladi, 2-3 oydan so‟ng kraxmal 
    eruvchan qand moddalariga aylanadi va natijada uning ta‟mi va oziqaviylik qimmati oshadi. 
    Pishgan qovoq qattiq bo‟lib, navga xos rangga kiradi va meva bandi qurib burishib qoladi. 
    Saqlashga 
    yaxshi 
    pishgan, 
    shikastlanmagan, 
    kasallik 
    hamda 
    zararkunandalar 
    bilan 
    zararlanmaganlari saralanadi. Qovoqni vaqtincha ayvonga tagiga somon yoki boshqa to‟shama to‟shab, 
    ikki-uch qavat qilib joylashtiriladi va ustiga somon, xas tashlab qo‟yiladi. Uzoq muddatga saqlanadigan 
    qovoq quyoshda 5-7 kun qoldiriladi. 
    Qovoq tarkibida suv miqdori ko‟p bo‟lganligi sababli, uni saqlashda suvning ko‟p yo‟qotilishi 
    sifatining pasayishiga olib keladi. 
    Qovoqni saqlashda har bir qator terilgandan so‟ng albatta somon yoki xas to‟shalishi uning 
    shikastlanishining oldini oladi. Qovoq stellajlarda saqlanadi, tagiga to‟shama solib yassi navlarining meva 
    bandi yuqoriga qaratib qo‟yiladi. Saqlash omborlarida havoning harorati 1-14°S va namligi 70% ga yaqin 
    bo‟lishi lozim. Qovoqni saqlash uchun sovuq va nam xonalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. 

    Download 1,24 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




    Download 1,24 Mb.
    Pdf ko'rish