1-амалий машғулот




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/86
Sana11.06.2024
Hajmi1,24 Mb.
#262670
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
Bog'liq
birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

5-vazifa.
Faol shamollatiladigan va sovutiladigan doimiy omborlarda 400 tonna qishki olma 
mevalarini uzoq muddat saqlash uchun zarur bo‟ladigan konteynerlar va ombor maydonini hisoblash. 
Bunda olma saqlanadigan konteynerning (1.3-rasm) sig‟imi 250 kg. Konteynerning uzunligi 0,9 m, eni 
0,6 m. Konteynerlarni 2 qavat qilib taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 
6-vazifa. 
300 tonna uzumni sovutiladigan omborlarga saqlash uchun joylashtirishda talab etiladigan 


54 
yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda uzum saqlanadigan №1 nomi bilan ataluvchi 
yashikning sig‟imi 8 kg. Yashiklar taxlanadigan yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash 
balandligi 3-4 m, ya‟ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 
85%. 
Doimiy omborlarda meva-sabzavotlarni joylashtirish tar-tibi.
Sabzavot va mevalar doimiy 
omborlarda xirmonlarda to‟kma holda, konteynerlarda, yog‟och yashiklarda yoki qoplarda saqlanadi
Karamni oziq-ovqat maqsadida tokchani eni va bo‟yiga qarab taxlanadi. Tokchaning kengligi 1 m, 
balandligi esa 0,6-0,8 m bo‟lib, 3-5 qavat karam boshlari joylanadi. 
Lavlagi, turp, sholg‟om kichik xirmonlarda (kengligi 3-4 m, uzunligi binoning kengligiga qarab) 
saqlanadi. Lavlagining xir-mondagi qatlami 1,2-1,5 m, turp va sholg‟om uchun 1 metrgacha bo‟ladi. 
Piyoz maxsus to‟rli qoplarga joylangan holda shtabellarga tax-lanib, yoki maxsus 4 qavatli 
stellajlarda to‟kma holda saqlanadi. Bunday stellajlarda piyoz yaxshi saqlanadi, ularni shamollatib turish 
va saqlanish holatini nazorat qilish juda qulaydi. 
Sabzi va boshqa ildizmevalilar tokchalarda yoki er sathida, har qatlam orasiga qum sepib, uyum yoki 
piramida shaklida yaxshi saqlanadi. Piramidalar o‟lchami: uzunligi 2-7 m (omborxona kengligiga qarab), 
asosining kengligi 1 metrgacha, joylash balandligi 0,7-0,8 m. Uyum balandligi: satx yoki ostki tokchada 0,7-
0,8 m va yuqori tokchada 0,5-0,6 m. Sabzini er sathida saqlashda piramida ostiga 6-7 sm qalinlikda qum 
sepiladi. Ildizmevalar ustidan 4-5 sm qalinlikda qum sepiladi. Bir tonna sabzi uchun 0,5 m
3
atrofida qum 
ketadi. 
Keyingi yillarda ildizmevalarni idishlarda saqlash keng qo‟llanmoqda. Odatda shu maqsadda 25-30 
va 8-10 kg li yashiklar yoki katta hajmli konteynerlar ishlatiladi. Uning ijobiy tomoni shundaki, faol 
shamollatish va joylashtirish qulaylashadi, shuning-dek ombor maydonidan foydalanish imkoniyatlari 
kengayadi. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish