Sabab va oqibatlar. Yashirin xavflarni amalga oshishiga
olib keladigan sharoit-
sabab deb ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi
(epidemiya), atrof-muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi
mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)-
zaharlanish ( kungi lsiz oqibatlar). Mutloqa xavfsiz bo'lgan ish (faoliyat) bo'lishi
mumkin emas. Demak, faoliyat qanday bo'lmasin, unda yashirin xavf bo'ladi. Bu
hayot faoliyati xavfsizligining aksiomasidir.
Xavflarni o'rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-qadam-xavf
manbalarini aniqlash;
2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash;
3-qadam-tahlilni chegaralash, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko'ngilsiz voqea ro'y berishdan oldin
(aprior) yoki keyin
(aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikki holda qo'llaniladigan usul bevosita yoki
aksincha bo'ladi.
Aprior tahlilda shu tizimga xos bo'lishi mumkin bo'lgan (yashirin) ko’ngilsiz
voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha holatlar to'plami tuziladi.
Aposterior tahlil esa ko'ngilsiz voqea yuz bergandan so'ng kelajakda
tadbirlar
ishlab chiqishdir. Bu ikki usul bir-birini to'ldiradi.
Xavflar identifikatsiyasi. Identifikatsiya - o‘rganish, isbotlash, tasdiqlash
ma’nolarini anglatadi. Masalan, dorishunoslikda birorta doridarmonni to’liq
identifikatsiya
qilmasdan turib, uni kasalga tavsiya etib bolmaydi. Jumladan,
ampitsilin dorisi - uning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari isbotlanishi
kerak. Xavflar- identfikatsiyasi biroz mushkulroq. Bunda har bir xavfning kelib
chiqish sabablari, xususiyatlari va oqibatlari o‘rganiladi. Chunki har bir xavfning
yuzaga kelishiga sabab boluvchi omillar, salbiy oqibatlari, xavflilik va
zarar
keltirish darajalari boladi. Mana shu ko‘rsatkichlar
aniqlangandan keyingina
xavfning nomini ayta olamiz. Masalan; termik yoki radiatsiya xavflari, yoki oqsil
va
yashur kasalligi, yoki gerbitsid, zahar xavflari va hokazolar.