|
1-amaliy mashgʻulot fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalashBog'liq 4 kurs hfxHayot faoliyati xavfsizligi (HFX) — ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini
taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir.
HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni
oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini
oshirish hisoblanadi.
Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar
yetkazadigan
ko'ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart
tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o'z ichiga oladi,
chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini
nazarda tutadi.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to'g’risidagi fandir. U
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyg’unlashtirishda, xavflarning tartibini
yanada chuqurroq o'rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo'lib,
hali to'la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil
etadi:
- kelib chiqishi bo'yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo'ladi;
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo'linadi;
- salbiy oqibatlarning ro'y berish vaqti bo'yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va
kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo'ladi;
- xavflar tarqalishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera,
atmosfera va koinot bilan bog’liq bo'ladi;
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko'ra charchash, kasallanish, jarohatlanish,
halokatlar, yong’inlar ko'rinishida bo'ladi;
- keltiradigan zarari bo'yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga
bo'linadi;
- namoyon bo'lishi bo'yicha maishiy, sport, yo'l-transport, ishlab chiqarish va
harbiy bo'ladi;
- olamga ta'siri bo'yicha o'ta ta'sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik
moddalar, arok, sigaret) bo'ladi. Sust ta'sir deganda odamning o'zi sababchi
bo'ladigan xavf tushuniladi.
|
| |