1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: matlab tizimining imkoniyatlari




Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.05.2024
Hajmi1,77 Mb.
#239066
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Topshirdi: 
Nomonov M. 
Qabul qildi: 
Xomidov E. 
Guruh: 
612-18 



ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. 
MATLAB ochiq arxitekturaga ega, ya’ni mavjud funktsiyalarni o’zgartirish va 
yaratilgan xususiy funktsiyalarni qo’shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi
Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funktsional bloklardan tuzilgan 
modellar ko’rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. Simulink juda 
katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi mumkin bo’lgan 
bloklarning bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari sodda vositalar 
yordamida kiritiladi va o’zgartiriladi. 
Simulink yuzdan ortiq biriktirilgan bloklarga ega. Bloklar vazifalariga mos 
holda guruhlarga bo’lingan: signallar manbalari, qabul qilgichlar, diskret, uzluksiz, 
chiziqli bo’lmagan, matematik funktsiyalar va jadvallar, signallar va tizimlar. 
Foydalaniluvchi blok va bibliotekalar yaratish funktsiyasiga ega bo’lganligi sababli
Simulinkda qo’shimcha ravishda kengayuvchi bloklar bibliotekasini hosil qilish 
mumkin. Biriktirilgan va foydalaniluvchi bloklarning funktsionalligini sozlashdan 
tashqari, belgi(znachok) va dialoglardan foydalanib foydalaniluvchi interfeys hosil 
qilish ham mumkin, Maxsus mexanik, elektr va dasturiy komponentlarning 
(motorlar, o’zgartkichlar, servo-klapanlar, ta’minlash manbalari, energetik 
qurilmalar, filtrlar, shinalar, modemlar va boshqa dinamik kompanentlar)
ishlashini modellashtiruvchi bloklar yaratish mumkin. Yaratilgan blokni kelajakda 
foydalanish uchun bibliotekada saqlab 
qo’yish 
mumkin. 
Keyingi yillarda loyihachilar matematik tizimlarning integratsiyalashuviga va 
ulardan birgalikda foydalanishga katta e’tibor bermoqdalar. Murakkab matematik 
masalalarni bir necha tizimlar yordamida yechish eng yaxshi va mos vositalarni 
tanlash imkoniyatini beradi va olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi. 
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar ( Mathcad, Maple 
va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni zamonaviy matnli 
protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. Masalan, MATLAB yangi 
versiyalarining vositasi — Notebook — Word 95/97/2000/XR matn 
protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning kerakli joylariga MATLAB 
hujjatlari va sonli, jadval yoki grafik ko’rinishdagi hisoblash natijalarini qo’yish 
imkoniyatini beradi. Natijada “jonli” elektron kitoblarni tayyorlash mumkin. 
Ularda namoyish qilinayotgan misollarni operativ tarzda o’zgartirish mumkin. 
Masalan, boshlang’ich shartlarni o’zgartirib, masalani yechish natijalarining 
o’zgarishini kuzatish mumkin. MATLAB 6 da grafiklarni Microsoft PowerPoint 
slaydlariga eksport qilishning takomillashgan vositalari ham ko’zda tutilgan. 
MATLABda tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish paketlari -
Toolbox asboblar to’plami yordamida hal qilinadi. Ularning ko’plari boshqa 
dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus vositalarga ega. MATLAB tizimi 
bloklar ko’rinishida berilgan, dinamik tizim va qurilmalarni modellash uchun 
yaratilgan Simulink dasturiy tizimi bilan ham integratsiyalashgan. Vizual-
yo’naltirilgan dasturlash printsiplariga asoslangan Simulink murakkab 
qurilmalarni yuqori aniqlikda modellash imkoniyatini 
beradi. 
O’z navbatida boshqa ko’plab matematik tizimlar, masalan, Mathcad va 
Maple MATLAB bilan ob’ektli va dinamik bog’lanishi mumkin. Natijada ular
MATLABdagi matritsalar bilan ishlashning effektiv vositalaridan foydalanishlari 


mumkin. Komp’yuter matematik tizimlarining bunday integratsiyalashuv 
tendentsiyasi shubhasiz keyinchalik ham davom etadi. 
MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga 
oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi 
va bu kengayish m-fayllar ko’rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, 
tizimning kengayishlari komp’yuterning qattiq diskida saqlanadi va 
MATLABning biriktirilgan (ichki) funktsiyalari va protseduralari kabi kerakli 
vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. 
Tizimning qo’shimcha pog’onasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi. 
U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo’naltirish imkoniyatini beradi. 
Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning maxsus bo’limlari, fizika va
astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy 
boshqariluvchi tizimlarni loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa 
qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori 
darajadagi moslashuvchanlikka ega. 
MATLAB tizimi kuchli matematik-yo’naltirilgan yuqori darajali dasturlash tili 
sifatida yaratilgan. Bunday yo’nalish tizimning afzalliklaridan biri bo’lib 
hisoblanadi va uni yangi, yanada murakkab matematik masalalarni yechish uchun 
qo’llash mumkinligidan dalolat beradi. 
MATLAB tizimi BASICga o’xshash (Fortran va Paskalning ayrim elementlari 
ham qo’shilgan) kirish tiliga ega. Dastur ko’plab komp’yuterdan foydalanuvchilar 
uchun tanish bo’lgan an’anaviy usulda yoziladi. Bundan tashqari tizim dasturlarni 
har qanday matn tahrirlagichi yordamida tahrirlash imkoniyatini beradi. 
MATLAB o’zining sozlagichli tahrirlagichiga ham ega. 
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har 
qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U 
hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga 
oshiradi, jumladan, ob’ektga-mo’ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink 
vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish 
tajribali dasturlovchilar uchun o’z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun 
cheksiz imkoniyatlar beradi.
 
 
MATLABni ishga tushirish va dialog rejimida ishlash 
MATLABni ishga tushirish uchun ishchi stolning pastki chap burchagida 
joylashgan Pusk (Start) tugmasi bosiladi va MATLABning o’rnatilgan versiyasi 
tanlanadi (1-rasm).


1-rasm. MATLABni ishga tushirish 
MATLAB ishga tushgandan keyin ekranda uning asosiy oynasi paydo bo’ladi 
(1-rasm) va u komandalar (buyruqlar) rejimida ishlashga tayyor holga keladi. 
Odatda bu oyna to’liq ochilmaydi va ekranning faqat bir qismini egallaydi. Ustki 
o’ng burchagida joylashgan uchta tugmadan o’rtadagisini bosish yo’li bilan oynani 
to’liq ochish mumkin. CHapdagi tugma bosilganda oyna yopiladi, o’ngdagi tugma 
bosilganda esa MATLABning ishlashi to’xtatiladi.
 
2-rasm. MATLAB oynasining ishga tushirilgandan va oddiy hisoblar 
bajarilgandan keyingi ko’rinishi 


MATLAB bilan ishlash seansini 
sessiya 
(session) deb atash qabul qilingan. 
Sessiya, mohiyati jihatidan, foydalanuvchining MATLAB tizimi bilan ishlashini 
aks ettiruvchi joriy hujjat bo’lib hisoblanadi. Unda kiritish, chiqarish satrlari va 
xatolar to’g’risida axborot bo’ladi. Xotiraning ishchi sohasida joylashgan sessiyaga 
kiruvchi o’zgaruvchilar va funktsiyalarning tavsiflarini (sessiyani emas) .mat 
formatli fayl shaklida diskka Save (Saqlash) buyrug’i yordamida yozib olish 
mumkin. Load (Yuklash) buyrug’i yordamida ma’lumotlar diskdan ishchi sohaga 
yuklanadi. Sessiyaning fragmentlarini Diary (Kundalik) buyrug’i yordamida 
kundalik shaklida rasmiylashtirish mumkin.
Tizim bilan to’g’ridan – to’g’ri hisoblashlar rejimida ishlash, dialog xarakterda 
bo’lib “savol berildi, javob olindi” tarzida kechadi. Foydalanuvchi buyruqlar 
satrida klaviatura yordamida hisoblanadigan ifodani teradi, agar zarur bo’lsa uni 
tahrirlaydi va ENTER klavishasini bosish bilan kiritishni tugallaydi (2-rasm). 
3-rasm. Tizim bilan to’g’ridan – to’g’ri hisoblashlar rejimida ishlash 
Misol uchun yuqoridagi rasmda 2+3 ifodani va sin(I) ni hisoblash keltirilgan. 
Bunday sodda misollardan ham quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 

boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun » simvolidan 
foydalaniladi;

ma’lumotlar oddiy matn tahrirlagichi yordamida kiritiladi; 

ifodani hisoblash natijalarini chiqarishni blokirovka qilish (vaqtincha 
to’xtatib turish) uchun undan keyin ; belgisini (nuqta vergul) qo’yish 
kerak;

agar hisoblash natijalari uchun o’zgaruvchi ko’rsatilmagan bo’lsa 
MATLABning o’zi ans o’zgaruvchisini tayinlaydi; 



o’zlashtirish belgisi sifatida matematiklar uchun odatiy bo’lgan 
tenglik belgisi 

Download 1,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: matlab tizimining imkoniyatlari

Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish