1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: matlab tizimining imkoniyatlari




Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana16.05.2024
Hajmi1,77 Mb.
#239066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


 
1-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu: MATLAB tizimining imkoniyatlari 
Ishdan maqsad: MATLAB tizimining imkoniyatlari bilan tanishish. 
MATLAB vaqt sinovidan o’tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish 
tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo’llashga asoslangan. Bu narsa 
tizimning nomi — MATrix LABoratory-matritsaviy laboratoriyada o’z aksini 
topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra 
masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob’ektlarni modellashda keng 
qo’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob’ektlarning holat tenglamalarini avtomatik 
ravishda tuzish va yechishning asosi bo’lib hisoblanadi. Bunga MATLABning 
kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan 
chiqib universal integrallashgan komp’yuterda modellash tizimiga aylandi. 
Umuman olganda, MATLAB matematikaning rivojlanishi davomida to’plangan 
matematik hisoblashlar bo’yicha tajribani o’zida mujassamlashtirgan va uni grafik 
vizuallash va animatsiya vositalari bilan uyg’unlashtirilgan. MATLAB tizimi
ilova qilinadigan katta hajmdagi hujjatlar bilan birgalikda EHMni matematik 
ta’minlash bo’yicha ko’p tomli ma’lumotnoma (bildirgich, spravochnik) vazifasini 
bajarishi mumkin.
MATLAB tizimini Moler (S. V. Moler) ishlab chiqqan va 70-yillarda undan
katta EHMlarda keng foydalanilgan. MathWorks Inc firmasining mutaxassisi Djon 
Litl (John Little) 80-yillarning boshlarida IBM PC, VAX va Macintosh klassidagi 
komp’yuterlar uchun PC MATLAB tizimini tayyorlagan. Keyinchalik MATLAB 
tizimini kengaytirish uchun matematika, dasturlash va tabiiy fanlar bo’yicha 
jahondagi eng yirik ilmiy markazlar jalb qilingan. Hozirgi vaqtda tizimning eng 
yangi versiyasiyalari MATLAB-6 va MATLAB-7 mavjud. 
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda 
foydalanuvchilarni an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan 
va imkoniyatlari keng modellash vositalari bilan ta’minlashdir. MATLABning 
imkoniyatlari juda keng. Undan hisoblashlarni bajarish va modellash uchun fan va 
texnikaning har qanday sohasida foydalanish mumkin.
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: 

matematik hisoblashlar; 

algoritmlarni yaratish; 

modellash; 

ma’lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish; 

ilmiy va injenerlik grafikasi; 

Download 1,77 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: matlab tizimining imkoniyatlari

Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish