2-rasm
Davriy signal deb vaqt bo’yicha shakli takrorlanuvchi signalga aytiladi. Bu
uzluksiz yoki diskret signal bo’lishi mumkin. Signal
davri deb takrorlanish
intervaliga aytiladi. Misol uchun y[n] diskret signalning shakli 4, 8, 12 sanoqlarda
takrorlanadi, z(t) uzluksiz signalning shakli esa xar 2,4,6
va boshqa sekundlarda
takrorlanmoqda.
3-rasm
Signalning fundamental yoki asosiy davri sifatida
eng kichik takrorlanish
intervalini olamiz. Ya’ni bizning diskret y[n] signalimiz uchun u 4 sanoq (otchyot)
ga, uzluksiz signalimiz uchun esa 2 sekundga teng.
Fundamental davr tushunchasidan
fundamental chastota
tushunchasini xosil qilishimiz mumkun. CHastota bu davrga teskari
kattalikdir va u gertsda o’lchanadi.
Agar biz z(t) uzluksiz signalimizni ko’radigan bo’lsak, uning asosiy davri 2
sek ga teng. Bundan kurinib turibdiki 1 sek da u yarim asosiy davrini bosib o’tadi.
4-rasm
Uzluksiz signalda fundamental chastotani aniqlash oson lekin diskret signal uchun
bu bir oz murakkabroqdir.