• Tom yopmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Nishobli tomlar va ularning konstruksiyalari
  • Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari




    Download 350.61 Kb.
    bet10/11
    Sana31.10.2023
    Hajmi350.61 Kb.
    #92191
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Bino va inshoatlardagi alohida konstruktiv elementlarini texnik holatini baholash
    Mehrni unutma, mexanika, 1. Qanday konfiguratsiyalarni bilasiz Kompyuterni yig\'ish qanda, 2 5384177809788764218, Geotex.Foyd.adabiyotlar, 1266109, 8-16 ТЖБАКТ, 2022йил 4 сон, matematika-tadbir-bayonnoma, Baxtiyor.uz-Tarjimai-hol, MY CAPITAL ENGLISH TRADITIONS., 1-mavzu, BOSHLONG\'ICH SINF O\'QUVCHILARNING AXBOROT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH
    Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari
    Eshiklar bino ichiga kirish va biridan-biriga o‘tiladigan xonalarni o‘zaro izolyatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning soni va o‘lchamlari xonaga to‘g‘ri kelgan kishilar soni, binoning ko‘rinishi va boshqalar asosida aniqlanadi. Eshiklar devorlarga mahkamlanadigan rom ko‘rinishidagi kesaki va ularga ilingan tavaqadan iborat bo‘ladi.
    Tavaqalar soniga qarab eshiklar bir, bir yarim va ikki tavaqali bo‘lishgi mumkin. Binoda joylashishga ko‘ra eshiklar ichki, tashqi va shkaf eshiklarga bo‘linadi. Odatda bir tavaqali eshiklarning kengligi 600, 700, 800, 900 va 1100 mm ikki tavaqaliniki esa 1200, 1400 va 1800 mm ga teng qilib olinadi. Turar joy binolari eshiklarining balandligi 2000 va 2300 mm ga teng bo‘ladi. Evakuatsiya uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar va xizmat eshiklarining balandligi 1200 va 1800 mm bo‘lishi mumkin.
    Tom yopmalarga qo‘yiladigan asosiy talablar
    Binoning tepa qismini yopib turuvchi konstruktiv elementlar tom yopmasi deb ataladi.
    Tom yopmasi chordoqli, chordoqsiz, katta proletli tekis va fazoviy(katta bo‘shliqga ega bo‘lgan) turlarga bo‘linadi.
    Tomlar binolarni atmosfera yog‘ingarchiliklaridan saqlashdan tashqari qishda xona ichida temperaturani bir me’yorda saqlab turish, yozda esa uni quyosh ta’sirida qizib ketishidan saqlash vazifasini ham bajaradi. Tomlar yopib turuvchi qismdan va ulardan tushadigan yuklarni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi.
    Tomlar quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak. Ular o‘ziga tushadigan doimiy va muvaqqat yuklarni ko‘tarib tura oladigan bo‘lishi lozim. Tomni yopib turuvchi qismi o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, namlik, havodagi agressiv kimyoviy moddalar ta’siriga, quyosh radiatsiyasi, sovuqqa, quyosh qizdirishiga chidamli, qurib qolmaydigan va erib ketmaydigan bo‘lishi kerak.
    Nishobli tomlar va ularning konstruksiyalari
    Tomlar odatda qiya holatda, nishobli qilib quriladi, tom yopmasi bilan binoning yuqorigi qavati orasidagi bo‘shliq chordoq deyiladi.
    Chordoq har xil injenerlik jihoz va uskunalarni markaziy isitish sistemasi trubalari, ventilyatsiya joylashtirish uchun ishlatiladi. Chordoqqa kirish uchun narvonlar, eshiklar va kirish tuynuklari o‘rnashtiriladi. Kishilar harakatini hisobga olgan holda chordoq balandligi 190 sm dan kam qilinmaydi. Chortok ichini yoritish va shamollatish uchun chordoq derazasi o‘rnatiladi.
    . Atmosfera suvlari ikki qarama-qarshi tomonga oqib tushadigan tomlar ikki nishobli tomlar deb ataladi.
    Ayrim hollarda chordoqda yashash uchun mo‘ljallangan xona- mansard xonasi joylashtirilib, ular g‘ishtin binolarda chordoqdan bronmauerlar yordamida, yog‘och binolarda esa qiyin yonuvchi parda devor bilan ajratilgan bo‘ladi.
    . Prolyoti 5 m dan katta bo‘lgan binolarda, stropil oyogiga qo‘shimcha tirgaklar qo‘yiladi. Stropil oyoklari orasidagi masofa 0.8 m dan 1.7 m gacha qilib olinadi. Stropillarning pastki uchi odatda mauerlatga tiralganligi uchun tomning bo‘g‘ot qismi ustiga o‘rnatiladigan obreshyotka taxtalari stropil oyoklariga koqilgan, qalinligi 40 mm bo‘lgan kalta taxtalar-kobilkalar ustidan o‘rnatiladi.
    Ruxlangan yoki ruxlanmagan metallardan iborat yopmalar ancha yengil bo‘lib, kichik nishobli tomlarda ishlatiladi. Bunday tomlarning nishobi 16-22 ga teng bo‘ladi. Po‘lat yopmalarga bir-biridan 225 mm masofada joylashgan, kesimi 50x50 bo‘lgan bruslardan yoki taxtalardan tuzilgan, stropillarga koqilgan obreshyotkalar asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Mineral materiallardan tayyorlangan yopmalar tekis yoki to‘lqinsimon asbestosement listlar yoki cherepitsalardan iborat bo‘ladi. Bunday tom yopmasi materiallari ostidan qo‘yiladigan obreshyotkalar kalta brus yoki taxta to‘shamalaridan iborat tomlar nishobi esa 25 dan 45 gacha bo‘ladi. Asbest-sement listlardan iborat bo‘lgan tom og‘irligi 25-30 kg/m3, cherepitsali tomlarning og‘irligi esa 60-70 kg/m3 bo‘ladi.
    Bunday tomlar uzoq vaqt ishlatilishi, olovga bardoshligi, tashqi ko‘rinishini ko‘rkamligi hamda arzonligi bilan ajralib turadi.
    Yumshoq rulon materiallardan qilingan tom yopmalari qalinligi 19-25 mm bo‘lgan yaxlit taxta to‘shama ustidan yotqiziladi. Bunda yog‘och asos ikki qavat bo‘lib, ustki yaxlit himoya qatlami chirishiga qarshi ishlov berilgan, qalinligi 16-19 mm va kengligi 50-70 mm brusoklardan iborat bo‘ladi.
    Polimer materiallardan tayyorlangan tom yopmalari ruberoidlar kabi yopishtiriladi. qalinligi 0,2-0,3 mm bo‘lgan polietelen plyonkalar umuman namlikni o‘tkazmaydi. Ular asosan bitum yoki maxsus plastik mastikalar yordamida yopishtiriladi.
    Tarnovli tomlar asosan besh qavatgacha bo‘lgan binolarda uchraydi.

    Download 350.61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 350.61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari

    Download 350.61 Kb.