Gen muxandisligi yordamida transgen o‘simliklar olish




Download 114,26 Kb.
bet12/16
Sana27.05.2024
Hajmi114,26 Kb.
#255319
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Biologiya fanida yangi yo‘nalishlar va boshqa fanlar bilan al

15.Gen muxandisligi yordamida transgen o‘simliklar olish
Genlar ekspressiyasi, rDNK, Plazmidalar, biotexnologiya, Nuklein kislotalar, Genom, Ribosoma, Bakyeriofaglar,Gen muhandisligi, r DNK , Transgen o‘simlik
Hujayra biotexnologiyasi – hujayra, to‘qima va protoplastlarni ishlatishga asoslanadi. Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o‘zgarishlar kiritish) qilish uchun, ularni o‘simlikdan ajratib olish, o‘simlik organizmidan tashqarida yashashi va ko‘payishi uchun sharoit tug‘dirib berish lozim. Ajratib olingan hujayra va to‘qimalarni sun’iy oziqa muhitida, steril sharoitda (in vitro) o‘stirish usuli ajratilgan to‘qimalar kulturasi deb nom oldi va ularni biotexnologiyada ishlatish mumkinligi sababli katta ahamiyat kasb etdi.
Biotexnologik jarayonlar sun’iy oziqa muhitida o‘stirilgan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon to‘qimalari, hujayralari va organellalaridan foydalanishga asoslanadi. Hozirgi vaqtda dunyoni ko‘plab mamlakatlarida biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan, biotexnologik jarayonlar juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va h.k. SHuning bilan bir qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga qaramasdan hamda ko‘p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo‘yi o‘tkazishga asoslanadi. Aytib o‘tilgan ustunliklar, o‘simliklarni va hayvonlarni hujayralari, to‘qimalari va organlariga ham tegishlidir.
O‘simlik hujayrasi orqali in vitro sharoitida yaratilgan biologik tizim, shakllangan o‘simlikning ayrim belgilarini o‘zida saqlaydi. Bunday sun’iy biologik tizim ikki xili mavjud: biri kallus ko‘rinishida bo‘lib, ikkinchisi esa hujayralarning suspenziya holatidadir. Kallus geterogenli bo‘lib, diffferensiyalanmagan hujayralarning yig‘indisidir. Mazkur massa, to‘liq o‘simlikka o‘xshash ayrim metabolitlarning sintezlash faoliyatiga ega.
Hujayralarning suspenziyasi kallusga nisbatan gomogen bo‘lganligi uchun tezroq o‘sish va muhitga moslashish qobiliyati yuqori bo‘ladi. Hujayraning alohida o‘simlikka aylanishi u uchun juda kuchli stress omili desa bo‘ladi. Bu jarayonda hujayra metabolizmini ko‘p tomonlari o‘zgarishga yuz tutadi. Birinchi navbatda mazkur tizim genomning funksional qirralari o‘zgaradi. YAshashga moslashuvchi genlar faollansa, hujayralarning differensirovkasi uchun javob beradigan genlar repressiyalanadi.
Hujayralar majmuasining bunday holati mikrob hujayrasiga nisbatan metabolitlarni ko‘proq sintezlaydi. O‘simlik hujayralarrining kallus xolati genetik va biokimyoviy tadqiqot izlanishlari uchun ajoyib modeldir. Masalan, to‘liq o‘simliklarda individual oqsillarning sintezi va ularning stabilligini kuzatish juda murakkab bo‘lib, hujayra ekmasida bunday ilmiy ishlarni osonlik bilan bajarish mumkin. Xujayralarning to‘plami bo‘lgan ekmada ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi.

16.Biotexnologiya usullari va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish.



Download 114,26 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 114,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gen muxandisligi yordamida transgen o‘simliklar olish

Download 114,26 Kb.