• Yarimoʻtkazgichli asboblar
  • Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi




    Download 193,21 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana10.07.2024
    Hajmi193,21 Kb.
    #267309
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari Dinistor tuzilma-kompy.info

    Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi
    VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo‘lgan, uch va undan ortiq p-n o‘tishlarga ega 
    ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asbob tiristor deb ataladi.
    Tiristorning S-simon VAXida tok ortishi bilan kuchlanish kamayadigan AV soha mavjud.
    Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda tiristor katta 
    qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor qarshiligi kichik va undan katta 
    tok oqadi. Shundan yarimo‘tkazgich asbobning nomi (tira – eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar 
    radiolokatsiyada, radioaloqa qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega 
    yarimo‘tkazgich asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlarning 
    bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda ener-giya iste’mol qilmaydigan asbob 
    – triggerlar sifatida keng ishlatiladi.
    Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli tiristorlarga 
    bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda chiqarilgan ikki, uch va to‘rt 
    chiqishga ega bo‘ladi. Tuzilma chekkasidagi r – qatlam anod (A), n – qatlam esa katod (K) deb 
    nomlanadi. Anod va katod orasidagi n – va r – sohalar baza deb ataladi, ularga o‘rnatilgan 
    elektrodlar esa boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir 
    tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlarning o‘zgaruvchan tokni boshqarish 
    imkoniyatini cheklaydi. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida simistor 
    (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va 
    bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega.
    Yarimoʻtkazgichli asboblar
    — 
    yarimoʻtkazgichlarda yuz beradigan elektron jarayonlar asosida 
    ishlaydigan elektron asboblar. Elektronikada turli signallarni oʻzgartirishda, energetikada esa bir 
    turdagi energiyani boshqa turdagi energiyaga aylantirishda qoʻllaniladi. Vazifasi, ishlash
    tarzi, 
    materiali, tuzilishi va texnologiyasi, ishlatilish sohasiga qarab tasniflanadi: elektr kattaliklarini 
    ikkinchi elektr kattaliklariga oʻzgartiradigan elektr oʻzgartirgich asboblar (diod, tranzistor, 
    tiristor va boshqalar); yorugʻlik signallarini ele
    ktr signallariga va aksincha aylantiruvchi 
    optoelektron asboblar (optron, fotorezistor, fotodiod, fototranzistor, fototiristor, 
    yarimoʻtkazgichli lazer, yorugʻlik tarqatuvchi diod va boshqalar); issiqlik energiyasini elektr 
    energiyasiga va, aksincha, aylantiruvchi termoelektr asboblar (termoelement, termoelektr 
    generator, quyosh batareyasi, termistor va boshqalar); magnitoelektr asboblar; pyezoelektr va 
    tenzometrik asboblar (asosiy sinf) va h. k. Integral sxemalar (elektr oʻzgartiruvchi va 
    optoelektronli bo
    ʻlishi mumkin) ayrim sinfga kiradi. Yarimoʻtkazgichli asboblar yarimoʻtkazgich 
    materialga qarab, germaniyli, kremniyli va h.k. boʻlishi mumkin. Tuzilishi va texnologik 
    alomatiga koʻra, Yarimoʻtkazgichli asboblar nuqtali va yassi xillarga, ishlatilish sohas
    iga qarab, 
    yuqori chastotali, yuqori voltli, impulsli va boshqalarga ajraladi.

    Download 193,21 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 193,21 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy ma’lumotlar. Dinistor tuzilmasi va ishlash mexanizmi

    Download 193,21 Kb.
    Pdf ko'rish