Savdo qilishning yangi turlari va usullari




Download 1,13 Mb.
bet60/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

11. 3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari

Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to’g’ri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.


Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish to’g’ri hisoblanadi. Juda ko’p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. Iste’molchilar o’zlariga kerakli mahsulotni o’zlarining kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to’g’ridan-to’g’ri iglab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo’ladi.
To’g’ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to’g’ridan-to’g’ri mulokot bo’lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir.
Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar marqasi, nomalanishi, va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taksimlanishi, sotii va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQShda chaqana savdoning 50 % Qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda chaqana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo’llaniladi:

  • tovarni peshtaxta orqali sotish

  • tovarni xaridor o’ziga-o’zi xizmat qiladigan usulda sotish

  • tovarni ochik yoyib kuyib sotish

  • tovar na’munalarini ko’rsatib sotish

  • tovarni aholining buyurtmasiga muvofik sotish.

Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo’lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni ko’rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to’langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida to’rgan sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o’ziga-o’zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki urtasiga terib kuyilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o’zlari solishlari mumkin, tovarning haqi dukondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to’lanadi.
Tovarni ochik yoyib kuyib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslaxati va yordami bilan o’zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.
Xaridorlar o’ziga-o’zi xizmat qiladigan usulda bo’lgani kabi tovarlarni ochik yoyib kuyib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to’la tayyor holda chiqariladi.
Tovarlarning na’munalarini ko’rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga kuyilgan na’munalarga qarab o’ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to’lagandan keyin tegishli tovarni bevosita dukondan oladi yoki kushimcha haq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tiquv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofik sotish usulida xaridor o’ziga kerakli tovarga dukonning buyurtma bulimida yoki sanoat korxonasi, kurilish, muassasa, dala shiyponi, istikomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar dukondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada ko’rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha ozik-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakqab assortimentdagi tovarlarni ichqarilikdagi Qishlok aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab kilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan dukonlar orqali sotishda ana shu usulni qo’llash mumkin.
Savdoning ilgor usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim urin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini qamaytirish, iste’molchi xukmron bo’lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dzaynga ega bo’lgan savdo atomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda qo’llanilayotgan quyidagi ilgor usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:

  • chaqana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda qataloglart bo’yicha noozik-ovqat tovarlarini sotish;

  • shaxar markazida joylashgan va kichik savdo maydoniga qat’iy interer, uncha ko’p bulmagan xodimlarga ega bo’lgan chaqana savdo korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish;

  • “qo’lay dukonlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi ozik-ovqat mahsulotlari bilan savdo kiluvchi hamda xaridorlarga butun kun mobaynida xizmat ko’rsatadigan savdo korxonalarida sotish.

Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda qo’llanilayotgan ilgor usullarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi yullar xaridorga yanada ko’proq turli xil xizmatlarni ko’rsatish va tovarlarga bo’lgan narxni tushirish bo’lib hisoblanadi. Bo’lardan savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofikdir.



Download 1,13 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Savdo qilishning yangi turlari va usullari

Download 1,13 Mb.