• 2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi
  • 3. Bozorga keng qo’lamli kirib borish uslubi
  • 4. Sust marketing uslubi
  • Jadal (shiddatli) marketing




    Download 1,13 Mb.
    bet63/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    1. Jadal (shiddatli) marketing
    Buni ko’pchilik xaridorlar - tovar to’g’risida ma’lumotga ega bulmagan yoki bo’lgani ham uning yuqori narxidan ta’sirlanmagan holda ishlatadi. Xaridorlarni jalb qilish, ularning talabini shakllantirish tadbirlari utqazishga katta mablag ajratish orqali uyushtiriladi.
    Tovarning ham narxi yuqori urnatilib ko’p foyda olish nazarda tutiladi.
    2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi
    Uning hajmi katta bulmagan holatda ishlatiladi. Tovar ko’pchilikqa noaniq, unga yuqori narx kuyilsa ham xaridorlar sotib olish mumkin. Raqobatchilar bozorda juda oz va shuning uchun talabni ragbatlantirishga qam xarajat qilib ko’proq foydaga erishish mumkin.
    3. Bozorga keng qo’lamli kirib borish uslubi
    Bozorning hajmi katta, tovar haqida xaridorlar qam taassurotga ega va uning narxi balandligiga rozi bulmagan davrda ishlatiladigan uslub. Undan tashqari raqobat kuchli, tovar ishlab chiqarishni ko’paytirish natijasida uning tannarxi pasayadi va “narxlar jagi”ga imkon yaratadi. Ragbatlantirishga ko’proq mablag ajratishga imkoniyat yaratiladi.
    4. Sust marketing uslubi bilan bozorning hajmi katta bo’lganda, xaridorlar tovarni yaxshi bilsada, qamrok xarajatlar qilib, pastrok narx orqali, raqobat qam sharoitda muvaffaqiyatga erishiladi.
    Tovar bozorining usish bosqichida bozorga kirgan tovar bilan iste’molchilar ko’proq tanishgani tufayli raqobatchilarni siqa boshlaydi. Agar bozor katta bulsa, raqobatchilar ham bizning tovarga uxshash tovar ishlab chiqara boshlaydi. Raqobatchilarga qarshi bozorga usha tovarning yangi-yangi turlari va yangi xaridorlari uchun ishlab chiqiladi.
    Shu davrda, ayrim tovarlarning modelini yangilash va talabni shakllantirishning xar xil tadbirlari o’tqaziladi.
    Reklamada tovarning amaliyotdagi iste’molchilar tajribasida sinalgan xususiyatlari ko’proq yoritiladi, imtiyozlar va narxni pasaytirishgacha qo’llaniladi.
    Tovar bozorining etilish (pishgan) davrida tovarning to’la assortimenti bozorga kiritilgan va 50 foizdan ortiq xaridorlarga kerakli tovar bilan ta’minlangan bo’ladi. Endi tovarni asosan konservativ dunyoqarashli xaridorlar sotib olishadi. Talabni ragbatlantirish tadbirlari asosan tovarning foydaliligini yoritishga qaratiladi.
    Tovar bozorining tuyinishi davrida tovar asosan sotilishi, bozorda iste’molchilarning qaytadan xarid qilishlari hisobiga amalga oshiriladi.
    Talabni ragbatlantirish siyosati samara bermay koladi. Shuning uchun bozorda yaxshi talabga ega tovarlar koldiriladi. Ammo reklama susaytirilmay, aksincha kuchaytiriladi. Narx pasaytirilib, tovar ko’pchilik xaridorlarga yakinlashtiriladi.
    Tovar bozorining tushkunlik davrida talabni va sotishni ragbatlantirish tadbirlari shu tovar uchun tuxtatiladi. Sotuvchilarga qaratilgan ragbatlantirish tadbirlari, asosan tovar sotilishi hajmini ko’paytirish maqsadida olib boriladi:

    • pul mukofoti berish;

    • kushimcha dam olish kunlari, firma hisobidan sayoxatlarga borish;

    • kimmatbaxo sovgalar;

    • ma’naviy ragbatlantirish;

    • korxona faoliyati reklamasi;

    • xayriya ishlarida faol qatnashish va boshqalar.

    Talabni shakllantirish va sotishni ragbatlantirishda “pablik rileyshnz” tadbirlari katta yordam beradi. Bu atama “jamoatchilik bilan murosa” ma’nosini beradi, “pablik rileyshnz” ning turli ta’riflari bor, ulardan eng muvaffaqiyatli chiqqani - bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish maqsadlarida o’tqaziladigan tadbirlar majmui deb ta’kidlaydilar. “Pablik rileyshnz” va marketing bir birini tuldiradi. “Pablik rileyshnz” yashirin shakldagi reklamaning bir turi bo’lib, maqsadga muvofikligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi. Agar pasayib borayotgan talab sharoitida reklama faroliyati tuxtatiladigan bulsa, “pablik rileyshnz” ni firmaning bozorga urnashgan kunidan boshlab to uning bozorda bo’ladigan oxirgi kuniga qadar utqazish zarur.
    Shuningdek, ko’rgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali vositalari sanaladi.
    Ko’rgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni uning haqiqiy qiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Ko’rgazma ham, yarmarka ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning o’rtasidagi farq shundan iboratki, ko’rgazma istalgan shaxarda har hil sabablar bilan, hatto tovarsiz tashkil etish mumkin.
    Yarmarka esa qat’iy sur’atda va muntazam ravishda bir joyda o’tqaziladi. Bundan tashqari, ko’rgazma garchi unda bitishuvlar o’tqazilgan bulsa ham o’z ruxiga ko’ra asosan ma’rifiy-targibot yo’nalishiga ega, ko’p hollarda unda “kelajak tovarlari” ham namoyish qilinadi. Yarmarka esa birinchi navbatda tijorat yo’nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan kolmagan “eski” tovarlar ham bo’lishi mumkin.
    Shunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat qiluvchi, bozor ya’ni belgilangan muddatlarda bir joyda muntazam to’planadigan bozordir. Yarmarkaning maqsadi - uning ishtirokchilariga o’zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini ko’rsatishga imkoniyat yaratib berish, savdo bitimlari to’zish maqsadlarida yangi yutuklar va texnik qamolatni namoyish qilishdan iborat. Savdo-sanoat ko’rgazmalari bir yoki bir qancha mamlakat ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalarida, fan va Tehnika soxasida erishgan ilmiy-Tehnika yutuklarini ko’rsatish maqsadlarida tashkil etiladi.
    O’z ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy ahamiyatga ko’ra, ko’rgazma hamda yarmarkalar milliy va halqaro turlarga bo’linadi. O’z mamlakatida o’tqaziladigan milliy ko’rgazma va yarmarkalarda chet el xaridorlari ham kuyiladi, lekin tovar sotish huquqi milliy firmaga qat’iy berilgan bo’ladi.
    Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning hukumati yoki sanoat birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy ko’rgazmalarda o’z mamlakatining yutuklari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish qiladi.
    O’tkazish muddati va usullariga ko’ra, ular quyidagi turlarga bo’linadi: Qisqa muddatli ko’rgazmalar, kuchma ko’rgazmalar, namunalar doimiy ko’rgazmasi, savdo markazlari, savdo xaftaliklari.
    Qisqa muddatli ko’rgazmalar uch haftadan ortiq bo’lmagan muddatda o’tqaziladi. Bunday ko’rgazma yo umumiy mazmunda, ya’ni o’z mamlakatining barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuqlarini namoyish etadi yoki ixtisoslashgan bo’lib, biron bir tarmoq yutuklarini ko’rsatadi.
    Kuchma ko’rgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib, tomoshabinlar doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi.
    Keyingi yillarda yirik kemalarda ko’rgazmalar tashkil etish tobora keng rasm bo’layotir. Yaponiya, Angliya, Shvetsiyada bunday ko’rgazmalar yirik kema bortlarida tashkil etiladi, ketma bir qancha davlatlarning savdo shaxarlarida bo’lib, kuyilgan tovarlarni namoyish etadi, shuningdek savdo-sotik ham qiladi.
    Namunalar doimiy ko’rgazmasining aksariyati o’z mamlakatining chet ellardagi diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil etiladi, chet ellardagi extimol to’tilgan xaridorlarga namunalar bo’yicha shartnomalar to’zish uchun eksport mahsulot namunalari namoyish etiladi. Milliy tashkilotlar tomonidan chet ellar tashkil kilinadigan doimiy savdo markazlari katta ahamiyat qasb etadi. Bunday markazlar o’zlari joylashgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan ko’rgazmalar tashkil etish bo’yicha keng faoliyat olib boradi: ekspotsent firmalarga bepul ko’rgazma maydonlari beradi, o’z hisobidan ko’rgazmani loyihalash va rasmiylashtirish, ochishni amalga oshiradi, ko’rgazma ishtirokchilariga bozordagi holatlar haqida axborot etkazib beradi.
    Ko’rgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo xaftaliklari nomini oldi. Bunday tadbirlar odatda yirik shaxarlardagi universal magazinlarda iste’mol tovarlarini namoyish etish va sotish uchun tashkil etiladi.
    Halqaro ko’rgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat ko’rsatadi. Ularda xar qanday mamlakat firmalari xech qanday cheklashlarsiz ishtirok etishi mumkin. Halqaro ko’rgazma va yarmarkaning eng afzal tomoni - ularda turli mamlaktlarda ishlab chiqariladigan juda ko’p tovarlarning namunalari tuplanadi. Bu esa xaridorga Qisqa vaqt davomida bozorda mavjud takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan kerakli maslaxatlarni kiyoslash, muzoqaralar utqazish, tijorat shartlarini kelishib olish va eng muhimi, kontrakt imzolash imkonini beradi.
    Namoyish etiladigan eksponatlar xarakteriga ko’ra halqaro ko’rgazma va yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga bo’linadi. Universal ko’rgazma va yaramarqalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruxlari bilan chegaralanmaydi. Ularda barcha yoki ko’pgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari namoyish kilinishi mumkin. Ixtisoslashgan ko’rgazma va yarmarkada esa faqat bir yoki bir necha turdosh sanoat tarmoqlari tovarlari, ba’zan biron bir amaliy fan yutuklari namoyish kilinadi.



    Download 1,13 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




    Download 1,13 Mb.