Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari




Download 1,13 Mb.
bet64/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

12.2.Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari

Sotuvchi uchun ko’rgazma va yarmarkaning ahamiyati birinchi navbatda o’z rakiblari tovarlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’lishi va turli reklama vositalaridan foydalanib, o’z tovarlarini keng reklama vositalaridan foydalanib, o’z tovarlarini keng reklama qilishi bilan belgilanadi.


Reklama va tovar sotishni ragbatlantirish tadbirlarini belgilash, rejalashtirish va uni amalga oshirish, katta xarajatlar sarflashni talab qilish bilan bir qatorda yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb etishni taqazo qiladi. Odatda sanoat firmalari bunday mutaxassislarga ega emas. Shu sababli, koida tarzida, bu ishlarni amalga oshirish ixtisoslashgan tashkilotlarga buyuriladi.
Ularning uch turi-reklama agentligi, umummilliy reklama beruvchilar, chaqana reklama beruvchilar mavjud.
Reklama agentligi tajribali matnchilar, rassomlar, televidenie prodyusserlari, tadqiqotchilar va ma’muriy xodimlarni yagona ishbilarmon korxonaga birlashtiradi. Bu mutaxassislar boshqa odamlarga, shuningdek nozik muloqatlarga moyilligi, reklama va bozor vositalarini yaxshi bilishi bilan ajralib turadi.
Agentlik mutaxassislarning hamkorlikda ishlashi va yakka mijozlar bilan samarali reklama yaratib berishlari uchun qo’lay muhit tugdiradi.
Reklama agentligi reklama beruvchilar bilan reklamani xaridorlarga etqazuvchi ommaviy axborot vositalari urtasida gue vositachilik vazifasini bajaradi. Agentlik taklf etadigan xizmatlar ayrim reklama beruvchilar imkoniyatiga qaraganda sifat jixatidan yuksak, turi jixatidan goyat kengdir.
Reklama agentliklarini quyidagi printsiplariga ko’ra tavsiflash mumkin:
-ko’rsatadigan xizmatlari hajmiga ko’ra-universal;
-muayyan tovar va reklama vositalariga ko’ra ixtisoslashgan;
-faoliyati soxasiga ko’ra-ichki bozorda ish ko’radigan va ichki hamda tashqi bozorda ish ko’radigan turlari.
Hozirgi sharoitda “to’liq xizmat ko’rsatish” agentliklari tobora keng tarqalmokda. Ular savdo reklama siesatining umumiy va ayrim masalalari bo’yicha o’z mijozlariga maslaxatlar beradi, u yoki bu tovarni chiqarishning maqsadga muvofikligi haqida sanoat firmalariga tavsiyalar tayerlaydi, reklama kompaniyasining rejasi va smetasini to’zadi, uni utqazishning muddatlari va davriyligini belgilaydi, reklama kompaniyasi rejasiga muvofik holda urinlar va xizmatlarni sotib oladi, tadbir utqazish vaqtini belgilaydi, reklamani tayerlashni amalga oshiradi.
Shunday qilib, “to’liq xizmat ko’rsatish” agentligi reklama kompaniyasini ishlab chiqish bilan birga marketing bilan bog’liq ko’pgina xizmatlarni bajaradi.
AQShda besh mingdan ortiq firma reklama agentligi tarzida ish olib boradi. Ammo asosiy ish bir necha yirik tashkilot hissasiga to’g’ri keladi. Yirik agentliklar yirik reklama beruvchilarga xizmat ko’rsatadi.
Yirik reklama beruvchilar esa nisbatan katta bulmagan tovarlar guruxi: ozik-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, qasmetiqa vositalari, avtomobillar, tamaki mahsulotlari va shunga uxshashlar doirasida ish olib boradi.
Ishlab chiqaruvchilar keng qo’lamli umummilliy reklama erdamida iste’molchiga tovarni ilgarirok sotishga va xaridorlarda o’z marqasiga mansub tovarlar ixlos uygotishga harakat qiladilar.
Bunday hollarda reklama marketing kompleksida etakchi tarkibiy Qismga ayldanadi.
Reklama beruvchi bilan agentlik urtasidagi munosabatlar o’zaro tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi Bu shartnomada agentlik ko’rsatadigan jami xizmatlar ko’rsatiladi.
Reklamani tarqatish vositalariga haqni reklama agentligi mijoz hisobidan to’laydi. Shu sababli ham mijoz agentlikqa to’lovlarni o’z vaqtida utqazib kuyishi kerak.
Reklama agentligi xizmatlari uchun haq beruvchi tomonidan emas, balki agentlikning reklamasidan foydalangan reklama-axborot vositalari tomonidan to’lanadi. Komission mukofot (vositachilik haqi)ning oddiy mikdori reklama kiymatining 15%ini tashkil etadi. Bundan tashqari, “to’liq xizmat ko’rsatish” agentliklari tomon haqi ham oladi.
Tovon haqiga xarajatlarning haqikiy kiymati bilan birga bozorni tadjkik etish, iste’molchilar talabi holatini tahlil qilish, iste’molchi ruxiyatiga ta’sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish kabi xizmatlarga qafolatli daromadlar ham kiradi. Juda ko’p hollarda xizmat ko’rsatishda agentlik mijozning reklamasi bilan bog’liq ishlarning bir yillik umumiy kiymatini baholaydi va oylik teng badallar kurinishida gonarar oladi.
Gonarar summasini belgilash uchun buyurtmani bajarish uchun turli bulimlar sarf etadigan umumiy ish soatlari mikdori hisoblanadi va soatlar soni bir soatlik ish haqi stavqasiga ko’paytiriladi, sungra bu mikdorga kushimcha xarajatlar va foyda uchun yana 25% kushiladi.
Agentlik reklama vositalaridan vaqt va urin sotib olgani uchun mijozga rasmiy e’lon kilingan tariflar bo’yicha komission tashlamalar bilan 15% chegirib, to’lov varaqasi yuboradi.
Chetdan material bergan va xizmat ko’rsatganlarga to’lanadigan haq varaqasida amaldagi xarajatlar keltiriladi.
Yil davomida yoki oxirida xarajatlarning baholangan va amaldagi mikdorlari urtasidagi xar qanday farqni tugatish uchun ganarar summasiga to’zatishlar kiritiladi.

Download 1,13 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xaridorlarga va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari

Download 1,13 Mb.