Chaqana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogini shakllantiruvchi omillar




Download 1,13 Mb.
bet59/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

2. Chaqana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogini shakllantiruvchi omillar

Chaqana savdo aholiga to’g’ridan - to’g’ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatini o’z ichiga oladi. Chaqana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko’rsatkichlari to’g’risida axborotlar beradi. Tovarlarni saklash, kushimcha ishlash, narxlarni o’rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. Chaqana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko’rsatishlari bilan turlanadi. Xususiy hissadorlar, ijara va kushma mulklarga asoslangan chaqana savdo hozir barcha mamlakatlarda, shu jumladan, bizda ham faoliyat ko’rsatmokda. Chaqana savdoning moodiy Tehnika asosini dukonlar, univermaglar, maxsuslashgan dukonlar, supermarketlar, oshxonalar va ko’pchilik mayda shaxobchalar tashkil etadi.


Chaqana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:1

  1. do’konning jixozlari

  2. mijozga xizmat ko’rsatish darajasi

  3. tovar assortimenti

  4. savdoda xizmat ko’rsatish xarakteriga ko’ra farqlanadi.

Bog’liq bulmagan dukonlar odatda bir Qishi mulkchiligida bo’ladi. Bu koidaga ko’ra, kichik dukonlar bo’lib, xizmat ko’rsatishni yuqori darajsi bilan farq qilib, savdo masalalarini xujayinning o’zi hal qiladi.
Korporativ tarmoq o’z ichiga katta dukonlar sonini oladi. Mulkdor bo’lib bitta firma hisoblanadi. Chaqana savdo tashkilotining bu turini afzalligi – yirik partiya tovarlarigabuyurtma berish imkoniyati orqali transport xarajatlarini iktisod qilish va soni bo’yicha chegirtma olish; tashkil etishni yuqori darajasi; sotishni ragbatlantirish va bashorat qilish imkoniyati; tovar zaxiralari va narxlarni boshqarish.
Iste’mol kooperativi – bu chaqana savdo dukonlari bo’lib, iste’molchilarni o’zi boshqaradi (ko’proq ozik-ovqat bozorida).
Savdo kooperativlari – bu bog’liq bulmagan dkuonlar tarmogi bo’lib, odatda bitta ta’minotchidan bitta va ushandan xarid kilinadi. Uning afzalligi – xaridorlar ko’z ungida yirik savdo tarmogi imidjini yaratish (past narxlari bilan jalb etuvchi).
Xizmat ko’rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog’liq. Kunalik talabdagi tovarlar uchun o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun chegaralangan xizmat ko’rsatish; yuqori tovarlarga to’liq xizmat ko’rsatiladi, bu o’z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslaxat berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chaqana savdoning texnologiya jarayonlari muhim halqa hisoblanadi. Chunki halk iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste’molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga usib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chaqana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko’rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chaqana savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniksa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog’liqdir, shu sababli chaqana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga buysundiriladi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko’pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:

  • chaqana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi;

  • katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini qamaytiradi;

  • yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chukur o’rganadi;

  • tovarlarni saklaydi va kerakli tovar zaxiralarini shakllantiradi;

  • ishlab chiqaruvchilar va chaqana savdo urtasida mustahqam aloqa boglaydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.

Ulgurjisiga faoliyat ko’rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bulim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo bilan shugullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, hissadorlik, kushma va davlat mulkiga asoslangan bo’lishlar mumkin.
Ulgurji savdo bazasi mustaqil faoliyat ko’rsatuvchi, maxsus ombor xo’jaligiga va malakali xodimlarga ega bo’lgan firma mavkeida ishlaydi. U tovar assortimentlarini qabul qilish, saklash va iste’molchilarga etkazib berish jarayonini tashkil etadi. Ulgurji savdoni tashkil etishda tovarlar bazalari orqali yoki ularning topshirigi bilan ishlab chiqarishdan to’g’ridan - to’g’ri iste’molchi firmaga (tranzit usuli) etkazib berilishi mumkin. Ammo ulgurji savdo bazalarining tovar harakatini va sotilishini tashkil qilishdagi ahamiyati byokiyosdir. Ularning faoliyat ko’rsatishlari uchun ob’ektiv zaruriyatlari mavjud. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanish qonuniyati maxsuslashtirilishi tufayli tovarlar ko’p korxonalarda tor assortimentli bo’ladi. Chaqana savdo uchun esa aholiga mul-qo’l, universal assortimentli tovarlar taklif etish zamonaviy marketing talabidir. Ulgurji savdo bazalari ana shu tor ishlab chiqarish assortimentidan keng universal savdo assortimentini shakllantiradi. Tovar birjalarini ulgurji savdo faoliyatining bazalaridan farqi, ular tovarlarni sotib olish va qayta sotish bilan shugullanmaydi, ombor xujaliklari ham yuk, ular faqat vositachilik qiladilar. Agent va brokerlar vositachilik ishini bajaradilar, ammo moddiy javobgarlikni buyinlariga olmaydilar. Agentlar ishlab chiqarish firmalarida va ulgurji savdo bazalarida ishlashadi. Brokerlar tovar birjalarida asosiy urinni egallaydilar. Brokerlar joyi birjada tanlov asosida sotiladi, ular bir tomondan birjadan, ikkinchi tomondan, o’z faoliyatlari uchun haq oladilar.
Diler – mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo’lib, oldi-sotdi ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikqa ega.
Vositachi hamkorlarni tanlash hamma tovar ishlab chiqaruvchilar uchun muhim davr hisoblanadi. Eng avvalo shunga ahamiyat berish kerakki, tanlab olinayotgan vositachi bir vaqtning o’zida sizning firmangizning bozoridagi raqobatchisi bulmasligi kerak. Umumiy holatda vositachi firmalar ichidan sizning tovaringizni sotish bo’yicha maxsuslashganini tanlash zarur. Yana vositachi firmaning bozordagi obru - e’tibori, mavkei, moliyaviy ahvoli qanday va qaysi bank bilan ishlaydi kabi savollarga javob olishi kerak. Uning asosiy belgilaridan savdo shaxobchalarining moodiy Tehnikasi, joylashishi, sotuvchi xodimlarning malakasi va boshqalar. Oldin sinash uchun biror yilga shartnoma tuziladi va vositachi savdo firma vakili, raxbari - menejeri vositachini shaxsan o’rganadi va uning shaxobchalariga boradi. Vositachilar iloji boricha ko’proq tanlanadi va ularning marketing - bozor dasturlariga ahamiyat beriladi.
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilardan huquqiy hamda xujalik jixatlaridan mustaqil bo’lgan firmalar vositachilar jumlasiga kiradi (sanoat korxonalarining shu’ba savdo firmalari va filiallari vositachilarga kirmaydi). Vositachilarni harakatga keltiradigan narsa foydadir. Ularning foydasi xarid narxlari bilan sotish narxlari urtasidagi farqdan yoki bozorda tovar harakatini amalga oshirishdagi xizmatlari evaziga oladigan mukofotdan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda vositachilar bajaradigan vazifalar va ko’rsatadigan xizmat turlari goyat ko’p. Ular quyidagilardan iborat:

  • sotishni tashkil etish ishlarini bajarish - kontragentlarni izlash, sotuvchi nomidan xaridni rasmiylashtirish, tovar haqi uchun pul to’lanishini xaridor nomidan qafolatlash, reklama kompaniyalarini utqazish va bozorni tadqiq qilish;

  • transport - tashish ishlari, yukni sugurtalashni amalga oshirish, savdo harakatlarini moliyalash;

  • Tehnikaviy xizmat, sotishdan keyingi Tehnikaviy xizmat ko’rsatish;

  • bozor to’g’risidagi axborot to’plash va uni taqdim etish.

Aksariyat jami savdo - vositachilik ishlarining oz sonli eng yirik savdo monopoliyalari qo’lida tuplanishi vositachilik buginida sifat o’zgarishlariga olib keladi.Ularning o’z moliya kompaniyalari bor, banklar bilan aloqaga ega, o’z sugurta kompaniyalari, o’z floti, extiyot Qism omborxonalari, boshqa tarmoqlarda mahsulotni qayta ishlash sanoat korxonalari, dilerlik firmalari tarmogi va chet ellarda filiallari mavjud.
Halqaro tovar muomalasida umumiy hajmning yarmidan to uchdan ikki Qismiga savdo vositachilari to’g’ri keladi. AQSh, Angliya, Gollandiya, Yaponiya, Sqandinaviya mamlakatlarining tashqi savdosida savdo vositachilari xizmatidan keng foydalaniladi. Tashqi iktisodiyot faoliyat soxasida savdo vositachilaridan foydalanish sanoat firmalari uchunmuayyan afzalliklar yaratadi.
Savdo vositachilaridan foydalanishning muhim afzalligi shundaki, sanoat firmasi mahsulot eksporti bilan shugullanganda importer mamlakat xududida savdo shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarini tejaydi, chunki vositachi firmalar odatda o’z moddiy - Tehnika bazalariga omborxonalar, namoyish zallari, ta’mirlash ustaxonalari va boshqalarga ega bo’ladi.
Yana bir afzallik shundan iboratki, vositachilar ishlab chiqaruvchilarni tovar xaraati, tovarni sotish bilan bog’liq juda ko’p tashvishlar (mahsulotni etkazib berish, saralash, joylash, turli xillarga ajratish, eksport kilinganda mahallik esa bozorga moslashish va boshqalar) dan ozod qiladi.
Uchinchi bir afzallik - Qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlash asosida bitishuvlarni moliyalash vositachi qapitalidan foydalanish. Bu holda vositachilarning banklar, transport hamda sugurta kompaniyalari bilan barqaror ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Nixoyat, savdo vositachilari ayrim bozorlarga to’la xokimlik qilib olgan hollarda ham uchraydi. (Masalan, Angliya brokerlari tomonidan) va bu bozorlarga iste’molchilar bilan bevosita aloqa qilish foydalanish zaruriyatiga aylanadi.
Ammo sotishni vositachilar orqali olib borish ham bir qator qamchiliklarga ega, chunki ishlab chiqaruvchi sotish bozorlari bilan bevosita aloqa urnata olmaydi, umuman vositachining vijdon va haq so’zligiga bog’liq bo’lib koladi.
Ishlab chiqaruvchi bilan vositachi urtasidagi o’zaro munosabatlar mazmuni va vositachi bajaradigan vazifalarga qarab savdo - tijorat amallarining bir qancha turlarini ta’kidlab ko’rsatish mumkin: olib - sotish ishlari, komission savdo ishlari, agentlik va brokerlik ishlari.
Savdo vositachisi olib - sotish ishlarini o’z nomidan va o’z hisobidan olib boradi. Olib - sotish harakatlarining ikki turi bor: birinchi holda vositachi ishlab chiqaruvchiga nisbatan tovarlarni oldi. Vositachi bu holda tovar egasi bo’lib koladi va uni xar qanday bozorda xoxlagan narxda o’zi bilganicha sotishi mumkin. Tomonlar oldi - sotdi bulgach, vositachi bilan ishlab chiqaruvchi urtasidagi munosabatlar tuxtatiladi.
Uning ikkinchi turida ishlab chiqaruvchi vositachiga tovarni muayan xududlarida va kelishilgan muddat davomida sotish huquqini beradi.
Olib - sotish harakatlari mazmuniga qarab, bu ish bilan savdo uylari, eksport, import, ulgurji, chaqana firmalar, distribyuterlar, stoQistlar shugullanadilar. Savdo uylari bunday ishlarni asosan o’z hisobiga amalga oshiradi.
Savdo - vositachilik ishlarining navbatdagi turi - komission faoliyat komissioner deb ataladigan, bir tomonning komitent deb ataladigan ikkinchi tomon topshirigi bilan ikkinchi tomon hisobidan, ammo o’z nomidan bitishuvlarni amalga oshirishdan iborat. Komitent bilan komissioner urtasidagi o’zaro munosabatlar komissiya shartnomasi bilan tartibga solinadi.
Komission ishlarining yana bir kurinishi - konsignatsiya xarakteridir. Konsignator - eksporter (konsitrat)dan o’z omboriga tovar konsignatsiya shartnomasi belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada junatilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning kurinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan narxlarda, uning hisobiga, ammo o’z nomidan olib boradi.
Agentlik harakat (ish)lari - printsipial deb ataladigan bir tomonning agenti (savdo va tijorat) deb topshirigidan iborat.
Sanoat agenti muayyan joylarda o’zaro raqobatda bulmagan bir qancha sanoatchilar tovarlarni sotish bilan hugullanadilar. Aksariyat hollarda savdo agentlari kommivoyajerlar deb yuritiladi.
Kommivoyajer - savdo firmasining tayyor agenti namunalari,
Brokerlik savdo - vositachilik ishlari vositachi - broker orqali sotuvchi va xaridor (sugurtachi bilan sugurta kildiruvchi, kema egasi bilan kemani ijaraga oluvchi) urtasida aloqa o’rnatishdan iborat. Brokerning qaysi yo’nalishida faoliyat olib borishidan va u kimning nomidan ish kurishdan qat’i nazar, u hamisha faqat tor yuridik ma’nodagi vositachi tarzida ish olib boradi. Broker xech qachon shartnomadagi tomonlardan biribo’la olmaydi, faqat tomonlarni o’zaro uchrashtirish, shartnoma to’zishga yordamlashish vazifasini bajaradi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chaqana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish tarmogini shakllantiruvchi omillar

Download 1,13 Mb.