Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasining hisoblash uslublari




Download 1,13 Mb.
bet56/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

10.2.Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasining hisoblash uslublari

Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentatsiyasi bilan izoxlash mumikn. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo xar qanday tovar ham “narx-miqdor” aloqadorligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar oboroti hajmini ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljalalngan – bo’lar qimmatbaxo avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, muyna va boshqalar.


Ikki narx segmenti yaqqol ko’zga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat” xaridori bor. Ko’pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go’yo ularga sifatga nisbatan ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan mahsulotlar xaridida ko’p kuzatiladi.
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori nuqtai nazaridan narx o’zgarishlariga uta sezuvchanligini belgilaydi.
Amalda talab ravonligini uch ko’rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab hamda yakka (unitar) talabga bo’lish mumkin.
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga o’ta sezuvchan bo’ladi.
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o’zgarishlarga etarli darajada sezgirlik ko’rsatmaydi.
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko’p bo’lgan, ularning bir mahsulot o’rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko’zga tashlanadi. Ko’pgina qishloq xo’jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi aks ettiradi. Shunday qilib, narxlardagi o’zgarishlar talab va taklifga muvofiq ko’tarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar hohishi bilan narx belgilanmaydi.
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko’rsatadi, ya’ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin bo’lmaydi. Ammo iste’molchilar mahsulotni xayolidagi yagona qat’iy narxda izlaydi. Marketologning vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar doirasida maqbul narxlarni topish hisoblanadi. Ko’pgina firmalar bozorlardagi turli narxlarni tadqiq etish va tekshirish, o’rinbosar tovarlar narxi darajasini raqiblar narxni o’rganish yo’li bilan statistik tahlil qilish usuli, grafik ekspert baholovchi usullaridan foydalanib, talab o’zgarishini o’lchashni o’tkazishga intiladi.
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko’payishi yoki qamayishi bilan bog’liq holda o’zgarish-o’zgarmasligia qarab doimiy, shartli-doimiy, o’zgaruvchan turlarga bo’linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan mahsulot hajmiga qarab o’zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk soligi (daromad soligi), qo’shimcha xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi.
O’zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq holda o’zgarib boradi, unga xom-ashyo, materiallar, ish xaqi va boshqalar kiradi. Shartli-doimiy xarajatlar boshqarish bilan bog’liq ayrim xarajatlar, yordamchi materiallar olishga ketadigan chikimlar va boshqalar kiradi.
To’liq xarajatlar jami doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisidan tashkil topadi. Shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) xarajatlari ham hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko’paygan (qamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga to’liq xarajatlarning ko’payishi (qamayishi)ni ifoda etadi. Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamiqasi, miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlarlardan pastroq narx xech qanday foyda bermaydi.
Korxona narxni belgilar eqan, xarajatlarning jami manzarasi ko’rib chiqiladigan, zarar ko’rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor ishlab chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, o’zgaruvchan xarajatlarni oson hisoblash mumkin bo’lgan paytlarda uni qo’llash yaxshi natija beradi. Zarar ko’rmaslikni tahlil etishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga, to’liq daromad to’liq xarajatlarga teng bo’lgan, ya’ni na foyda, na zarar bo’lmagan nuqtaga qaratiladi.
Marketologlar bir qator xar xil narxlarni tadqiq etadilar, so’ngra xar bir narx uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi.
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat va sof monopoliya .
Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narh bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos hislatlariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar xarqati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
Bozorda narx uchta gurux omil natijasida shakllanadi:
1.Talab omillari (bozorda uxshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx).
2.Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, foyda).
3.Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o’xshash import tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo’lgan narxni bilish.
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat:
-narxlashtirish masalasi qo’yiladi;
-talabi aniqlanadi;
-xarajatlari baholanadi;
-raqobatchilar tovari va narx tahlil kilinadi;
-narxni shakllantirish uslubi tanlanadi;
-oxirgi natijaviy narx o’rnatiladi;
Firma talab chizmasiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar narxlarini o’rganib, o’z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin.
Ko’pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko’ra narx belgilash narx belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga qaratadi, talabni hisobga olmaydi.
“O’rtacha xarajatlar plyus foyda” tamoyili bo’yicha narx belgilash tovarning tannarxiga muayyan ustama qo’yishdan iborat bo’lib, narx belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga etib borishga qarab oxirgi narx ulgurji va chaqana savdo qo’yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi.
“Ko’zlangan foyda normasi” olishni ta’minlaydigan narx belgilash usulini qo’llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan qapital uchun muayyan qaytim foiz olishga intmiladilar. Bu usul o’rtacha solishtirma xarajatlarni hisoblashga asoslanadi.
Narxni chegaraviy xarajatlar bo’yicha belgilash usulini qo’llash bilan firma mahsulotning qo’shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab chiqarishning aloxida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi agar firma ishni to’xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi kuchini saqlab qolishni hohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin.
Savdoda do’konlarga xaridorlarning kelishini ko’paytirish uchun sotuvchilar ayrim tovarlarni to’liq xarajatlaridan pastroq baholab, “jalb etuvchi” narxlar yaratadilar. Xaridorlar ko’payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga bunga qo’shimcha ravishda narxi me’yorda bo’lgan tovarlarni ham xarid qiladilar.



Download 1,13 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasining hisoblash uslublari

Download 1,13 Mb.