|
-jadval
“Tovar-bozor” matritsasi
|
bet | 53/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G 6-jadval
“Tovar-bozor” matritsasi
Tovarlar
|
Bozorlar
|
Joriy
|
Yangi
|
Joriy
|
Bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi
Sotishni jadallashtirish
Yangi xaridorlarni kidirish
Raqobatchilarni sindirish
Tovarni iste’mol soxasini kengayishi
|
Bozorni rivojlantirish strategiyasi
Yangi bozorlar
Yangi sotish xududlari
Halqaro bozorlar
Tovarni ishlatilishini yangi sohalarini to’zish
|
Yangi
|
Tovarni rivojlantirish
O’z kuchi bilan yangi tovar ishlab chiqarish
Bitimlarni rivojlantirish
Litsenziya
Maxorat bilan ayirboshlash
|
Diversifiqatsiya
Gorizontal
Vertikal
Kontsentrik
|
Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki, firmaning afzalligini o’sish manbalarini o’zashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bo’lishi mumkin:
Diversifiqatsiyani uchta turi mavjud: gorizontal, vertikal va kontsentrik.
Gorizontal diversifiqatsiya deganda ilgarigi tovarlarga o’xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yakin bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.
Vertikal diversifiqatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo’nalishi sifatida ham tovar dasturini chuqurligini o’stirishni anglatadi. Masalan, go’sht mahsulotlarini sotuvchi maxsus do’kon mol etishtirishni va selektsiya bo’yicha ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlaydi.
Kontsentrik diversifiqatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko’zda tutadi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo’llash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni olti bosqichni o’z ichiga oladi:
yangi tovar haqida g’oyani qidirish;
g’oyani tanlash;
yangi tovar g’oyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili;
tovarni ishlab chiqish;
bozor sharoitida uni tajribadan o’tkazish;
tovarni bozorga qo’llash;
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g’oyani qidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar g’oyani qidirishni asosi bo’lib tovar haqidagi ichki va tashqi g’oyalar manbai hisoblanadi.
Tashqi tovar haqidagi g’oyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va ko’rgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.
Tovar haqidagi ichki g’oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, marketing bo’limini barcha qismlari, halqaro iqtisoiy hamkorlik bo’limi, tovarni tayyorlash bo’limi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o’z mazmuniga ko’ra yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.
Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni qidirish va ishlab chiqishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar qo’llaniladi. Yangi tovar haqida g’oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chiqish bosqichlarida tovar ishlab chiqish uslublari, tovar marqasini ishlab chiqish Tehnikasi uslublari, xarajatlarni hisoblash uslublari ishlatiladi.
|
| |