IX- BOB. Tovar va tovar siyosati




Download 1,13 Mb.
bet49/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

IX- BOB. Tovar va tovar siyosati



  1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir

Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari , ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.


Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir.
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab aloxida e’tibor beriladi:
-rangi, upakovqasi (o’rash), tashqi ko’rinishining dizayni, ergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qo’layligi va boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari , ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha aloxida guruxlarga bo’linadi:

  • maqsadli ko’rsatkich bo’yicha;

  • bozor turiga ko’ra;

  • foydalanishga tayyorligiga ko’ra;

  • iste’molchilar soniga qarab bo’linadi.

Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi.
Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi.1
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z navbatida 3 ta quyi guruxga ajratish mumkin:
1.Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni).
2.Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta).
3.Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro’zg’or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatidan tanlovda bir muncha muloxaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:

  • o’xshash tovarlar (sifat jixatdan bir-biriga yakin, lekin dizayn, narxi bo’yicha farqlanadi,);

  • aloxida kurinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan).

Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda qam uylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra

  • qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar;

  • uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar;

Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib

  • foydani ta’minlash;

  • taqsimotni ustirish;

  • firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish;

  • ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash;

  • imidjni oshirish bo’lib hisoblanadi.

Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish quyidagi sohalardagi vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi:

  • uning innovatsiyasi;

  • variatsiya;

  • differentsiya;

  • eliminatsiya;

  • marqani o’rnatish va tanlash;

  • qadoqlash ;

  • tovarni shakli , turi va boshqalar

Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:

  • yangi tovarlarni qidirish;

  • yangi tovarlarni rivojlantirish;

  • bozorga yangi tovarlarni kiritish;

  • tovar shakllarini asoslash;

  • tovar sifatini tartibga solish;

  • bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar.

Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan vazifalarni hal etish tovarni butun xayoti davomida amalga oshadi. Buning uchun, ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni xayotiylik tsikli modeli ishlatiladi.
Tovarlar va xizmatlar assortimenti – bu foydalanish bo’yicha bir-biriga juda o’xshash tovarlar (xizmatlar) guruxidir.
Tovar sifati – bu tovarning o’z funktsiyalarini bajarishda ko’rinadi va u quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzok muddat xizmat ko’rsatishi, pishikligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.
Marketing fani bo’yicha tovar sifati xaridorlar bergan baxo bilan o’lchanadi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Download 1,13 Mb.