Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha




Download 1,13 Mb.
bet50/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

9.2. Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha

Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo’lagidir.


Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishida tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat aloxida faollikkqa ega bo’ladi.
Xar bir haridor o’ziga yokqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarini solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakqab va o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
-tovarni sotish bozorini o’rganish;
-rakiblar haqida ma’lumotlar yigish;
-iste’molchilar talablarini o’rganish;
-raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;
-ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Xar qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o’z raqobat qobiliyatini yo’qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi.
Raqobat konkurentsiyasi so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun ko’rashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb qilishdan iborat.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi kurinishga ega bo’lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K =R/S max
bu erda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar;
(sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
-bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib olish;
-bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
-o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning xizmatlari bo’yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni har hil firmalar ishlab chiqarish orqali bo’ladigan raqobat; yoki bir xil firma tomonidan xar xil modifiqatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan.
Hozirgi davrda raqobat o’ziga xos qiyofa qasb etmokda. Narxlar soxasida raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng qam bo’ladigan mamlakatlarda yo’lga qo’yishni talab qiladi.
Narx bilan raqobat o’tmishda erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo’lgandi. Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o’z tovarini ajratib ko’rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va pirovard natijada o’zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini o’zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning qamayishiga olib keladi. Natijada qo’tilgan zafar va raqiblarni surib chiqarish o’rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko’paytirishga intiladi. Fan-Tehnika tarakkiyoti yutuklari tufayli raqobatning narx bilan bog’liq bo’lmagan usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat ko’rashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o’rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag’batlantirish usullari qanday?
-qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?
-raqobatchilar tovarlarining o’ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko’zga tashlanmoqda?
-tovarni qafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma o’z shaxobchasini ochganmi?
-raqobatchilar qullayotgan tovar harakati (transport, zaxiralar hajmi, omborlari va ularning joylanishi qanday tashkil etilgan?
Natijada raqobatchi shunday harakat qilishyapti? Boshqacha yo’li yo’qmi? Degan savollarga javob topiladi.
P.S.Zavyalov fikricha “Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o’xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim”.
Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog’liq xarajatlar tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar ta’sir etadi.
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat ko’rashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:

  1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati.

  2. Raqiblar harakatlarining diversifiqatsiyalashuvi darajasi.

  3. Bozordagi talab hajmini o’rganish.

  4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi.

  5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchish harakatlari.

  6. Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi.

  7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.

  8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.

  9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.

  10. Ushbu bozorda raqobat uchun aloxida sabablarning bo’lishi, raqobat darajasi bozorning aloxida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari bilan ham belgilanadi.

J.J.Lamben raqobatli afzalliklarni ikkita keng qategoriyalarga guruxlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, ya’ni firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. Tashqi raqobatli afzallik tovarni “bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqorirok sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko’ra qamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat xosil kiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomoindan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik oqibatidir”.1
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifiqatsiyasi sxemasii zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti .
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, iktisodiyot va marketing ko’rsatkichlari yordami bilan to’liq tavsiflanishi mumkin.

Download 1,13 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha

Download 1,13 Mb.