Tovarning yashash davri va uning bosqichlari




Download 1,13 Mb.
bet51/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

9.3.Tovarning yashash davri va uning bosqichlari

Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlardan iborat kontseptsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash davri kontseptsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e’lon qilingan.


Tovarning yashash davri to’rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo’llash usullarining yashash davri, mahsulot marqasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib keltirsak, mahsulot turiga esa qo’l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo’llash usullariga ko’ra esa qung’iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish mumkin.
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to’rtta tipi o’rganiladi, firma doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko’proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to’rtinchisi esa raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo’lganda qo’llaniladi.
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:

  • ishlab chiqarish;

  • kirib kelish;

  • o’sish;

  • etuklik;

  • tuyinish;

  • inqiroz (qasodlik).

Amalda xar bir mahsulot uchun bu narsa xar xil kechadi, ayrim tovarlar bozorga kirib kelishining uzok davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda kirib keladi, tarqaladi, uzok muddat barqaror saqlanib turadi.
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamiqasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo’yicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini firma vaqt bo’yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar shuncha qam bo’ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining hoyat keskin o’sishi bilan ajralib turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo’ladi. Savdo yuqori daromadli guruxlarga mo’ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
Shunday qilib bu davr qapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo’lsa, ular to’liq xarajatlar hisobiga o’tqaziladi, ya’ni hisobdan o’chiriladi.
O’sish davrida tovar sotish hajmi o’sib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul qilgan va unga bo’lgan talab ta’minlangan bo’ladi. Xar qanday mahsulot bu bosqichga etib kelmaydi: ko’plari bozorga kirib kelish davridayoq qasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan tulib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar oborotini maksimallashtirish, bozorni kengayishini davom etishi va absolyut o’sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zaxiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat xukm suradi. Yangi modifiqatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruxini kengaytirish hamda haridorlarga yangi xizmat ko’rsatish uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni modifiqatsiyalash, tovarni modifiqatsiyalash va marketing-miksni modifiqatsiyalash bo’lib hisoblanadi.
Tuyinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi. Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. Tuyinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo’yicha to’liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inqiroz davrida mahsulotning o’tishi qiyinlashadi, foyda qamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi “mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat” bo’ladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni to’xtatish haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo’lgan jami foydani siqib olish uchun shunday kilinadi.
Tovarni yashash davri kontseptsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.

Download 1,13 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tovarning yashash davri va uning bosqichlari

Download 1,13 Mb.