|
1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг
|
bet | 54/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G Qisqa xulosalar
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol xususiyatlari , ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o’xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyati tushuniladi.
Tovarning yashash davri ishlab chiqarish, kirib kelish, o’sish, etuklik, to’yinish, inqiroz (qasodlik) kabi bosqichlardan iborat.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo’yicha uchta strategik yo’nalishni o’z ichiga oladi: tovar innovatsiyasi, ovar variatsiyasi, tovar eliminatsiyasi.
Nazorat va muloxaza uchun savollar.
1.Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi?
2.Tovarlar klassifiqatsiyasini aytib bering?
3.Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
4.Tovarning yashash davri kontseptsiyasini izohlab bering.
5.Tovar modifiqatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6.Mahsulot differentsiatsiyasi nima?
7.Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izoxhlab bering.
8.Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
9.Tovar elimenatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
10.”Tovar-bozor” matristasini masmunini tushuntirib bering.
Asosiy adabiyotlar:
1. Щегорцов В.А., Таран В.А. Маркетинг: Учебник для вузов / Под ред. В.А. Щегорцев – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005.-447 с.
2.Аакер Д., и др. Маркетинговые исследования. Изд. 7-е. Пер. с англ /Под ред. С. Божук. - СПб.: Питер,2004. - 848 с.
3.Божук С.Г., Ковалик Л.Н. Маркетинговые исследования, -СПб.: Питер, 2004.
4.www. dis. ru. Marketing журнал в России и зарубежом.
5.www.marketing.uef.ru/students-news.php
|
| |