|
1-bob. Plastik kartochkalardan foydalanishning nazariy asoslari
|
bet | 8/22 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 2,35 Mb. | | #251970 |
Bog'liq Pilastik Kartochkalar Bilan Hisob-Kitoblar va Ularni Takamolashtirish yo\'lari1.3. Plastik kartochkalarning tasnifi va ularning xarakteristikalari
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning oxirgi yillarda rivojlanib borayotgan shakli bu - plastik kartochkalardir. Plastik kartochka - bu shaxsiy to'lov vositasi bo'lib, uni kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulga to'lovni amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek, banklar va bankomatlardan naqd mablag`larni olish uchun ishlatiladi. O'zbekistonda ham plastik kartochkalar bilan operatsiyalar 1994-1995-yillardan amaliyotga tatbiq etilgan bo'lib, plastik kartochkalar soni, bu kartochkalar orqali o'tkazilgan operatsiyalar soni va summasi, terminal va bankomatlar soni yildan - yilga ortib bormoqda. Plastik kartochka, tegishli bankda, kartochka egasining hisobvarag'i mavjudligini, tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar, yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to'lov vositasini o'zida ifoda etadi.
To'lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to'lov majburiyatlarini bajarilishini kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlaydi. Shuning uchun kartochkalar o'zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo'lib qoladi, mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar Plastik kartochkada, albatta bir xil ma'noli identiflkatsiya qiladigan emitentning nomi va logotipi qayd qilinishi shart. Plastik kartochkalar, jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi, yoki xizmat ko'rsatuvchi yuridik shaxslar, yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar o'rtasidagi bo'ladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek, naqd pul berish punktlari va bankomatlardan naqd pul olishda qo'llaniladi. Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalar chiqarishi va ular bo'yicha xizmat ko'rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to'lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to'g'risida»gi nizomga muvofiq, bajariladigan operatsiyalar qoidalariga amal qilishlari shart. Plastik kartochkalar bo'yicha xizmat ko'rsatish shartnomasi quyidagilarni o'z ichiga olishi shart:
a) tomonlarning nomlari;
b) shartnoma mavzusi;
v) tomonlarning huquq va majburiyatlari;
g) tomonlarning javobgarligi;
d) hisob-kitoblarni o'tkazish shartlari.:
e) shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
j) nizolarni hal qilish tartibi;
z) tomonlarning yuridik manzili.
Plastik kartochkalarni o'z xususiyatlari va funksiyalariga qarab quyidagi turlarga bo'linishi mumkin.
1.Ishlab chiqarilgan materiallariga qarab:
• Qog'ozli (kartonli).
• Plastik.
• Metall.
2. Kartaga ma'lumotlar yozilishiga qarab:
• Grafik yozuv.
• Shtrix -kodlashtirish.
• Magnit chiziqdagi kodlashtirish.
• Chip.
• Lazer yozuv.
3.Emitentlariga qarab:
• Bank kartochlari.
• Xususiy kartochkalar.
4.Mijozlarga qarab:
• Oddiy karta.
• Kumush karta.
• Oltin karta.
Elektron karta.
Aloqadorligi bo'yicha plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga bo'linadi. a) Shaxsiy kartochka - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochkadir. b) Oilaviy kartochka - bu shaxsiy kartochka egasining ishonchnomasi asosida foydalanuvchiga berilgan plastik kartochkadir . v) Korporativ kartochka - bu yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan plastik kaltochkadir. Korporativ kartochkalardan ish haqi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan boshqa to'lovlarni, shuningdek, naqd pul mablag'larini to'lashda foydalanish taqiqlanadi. Plastik kartochkalar bajaradigan vazifalari bo'yicha quyidagi turlarga bo'linadi:
a) debet - kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan mijoz o'rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, o'zining kartochkasidagi pul mablag'laridan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olishda (korporativ kartochkalardan tashqari) foydalanish imkonini beradi;
b) kredit - kartochkasidan foydalanish uning egasiga, emitent bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, emitent tomonidan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) berilgan kredit liniyasi miqdorida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi;
v) elektron hamyon - jismoniy shaxslarning kartochkasi bo'lib, undan foydalanish, uning egasiga plastik kartochkadagi qoldiq mablag'lar doirasida tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to'lash va yoki naqd pul mablag'larini olishga imkon beradi;
Bitta elektron kartochkada bir necha «elektron hamyonlar» joylashgan bo'lishi mumkin.Plastik kartochkada uni shaxs nomiga biriktirishda quyidagi rekvizitlar yozilgan bo'lishi shart.
|
| |