1-bob. Plastik kartochkalardan foydalanishning nazariy asoslari




Download 2,35 Mb.
bet9/22
Sana24.05.2024
Hajmi2,35 Mb.
#251970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Pilastik Kartochkalar Bilan Hisob-Kitoblar va Ularni Takamolashtirish yo\'lari

a) identifikatsiya belgilari (karta raqami, seriyasi va boshqalar);
b) bank-emitent (kartochkalarni chiqaruvchi bank)ning kodi;
v) hisobvaraq raqami va kartochka egasining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilot nomi);
g) kartochkaning amal qilish muddati.
Plastik kartochkada bir necha hamyonlar mavjud bo'lganda, identifikatsiya belgilari har bir hamyonni bir xii ma'noli identifikatsiyalashi lozim. Ko'rsatilgan rekvizitlardan tashqari, kartochkaga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini yuritish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha belgilar kiritilishi mumkin.
Shunday qilib, plastik kartochka-bu umumlashtirilgan termin bo'lib, u hamma tur kartochkalarni bajaradigan funksiyalari, ularning biror-bir belgilanishi, texnik imkoniyatlarini umumlashtirilgan holatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy xususiyatlari shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi va alohida yordamchi dasturlardan foydalanadi.
Qayta to'lov vositasi sifatida foydalanishga tayyorlash (personalizatsiya) uchun qaytarilgan plastik kartochkalar hisobi 93609-«Saqlanayotgan qimmatliklar» ko'zda tutilmagan holatlar hisobvarag'ining alohida shaxsiy hisobvaraqlarida olib boriladi. Plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar qog'oz ko'rinishida (slip, elektron terminal kvitansiyasi) va/yoki elektron shakldagi (elektron terminal jumladan yoki bankomatdan olingan hujjat) hujjatlarni, shuningdek, hisob-kitoblar qatnashchilari o'rtasida tuzilgan shartnomalarda belgilangan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitansiyasi va boshqalar) tuzish lozimligini ko'zda tutadi. Hujjatlar hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi barcha tomonlar uchun zarur bo'lgan nusxalar miqdorida tuziladi.Kvitansiyalar o'tkazilgan operatsiyalarni qo'lda tiklash uchun barcha zarur ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak.8 Plastik kartochkalardan foydalangan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda tuzilgan hujjatlar rekvizitlari, plastik kartochkalar rekvizitlari bilan kartochka egalarining bank hisobvaraqlari, shuningdek, korxona identifikatorlari, NPBP, bankomatlar va tashkilotlarning bank hisobvaraqlari o'rtasidagi muvofiqlikni haqqoniy belgilashga imkon beruvchi tomonlar o'rtasida kelishib olingan belgilarni o'z ichiga olishi kerak.
Elektron hujjatlar bank-ekvayer (savdo yoki xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat ko'rsatuvchi bank)ga, bank - emitentga yoki kliring markaziga, shartnomada kelishilgan davriylikda jo'natiladi. Bitta bank bo'limlari o'rtasida kartochkalar bo'yicha hisob-kitoblar qilish texnologiyasi, Bosh bank tomonidan, o'z imkoniyatlari va foydalanadigan kartochkalar turlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilanadi. Kartochkalar bo`yicha banklararo hisob-kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlarni ko`zda tutadi:
a) Hisob-kitoblarni amaldagi elektron to`lovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisob-kitob asosida o`tkazish;
b) Hisob-kitoblarni hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing markazlaridan kun davomida o`tkazilib, yakuniy o`zaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat banklarining vakilliik hisobvaraqlaridan yakuniny hisobkitob summasini o`tkazish. ETT orqali plastik kartochkalardan foydalangan holda, amalga oshirilgan operatsiyalar bo`yicha yalpi hisob-kitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
a) Bank-ekvayer xizmat ko`rsatilayotgan savdo, yoki xizmat ko`rsatish tashkilotidan olingan, kartochkalardan foydalanilgan holda, tuzilgan elektron hujjatlarga asosan, mablag`larni uning hisobvarag`iga o`tkazadi, bunda elektron to`lovlar tizimi orqali bank emitentga jo`natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
b) Bank-emitent, olingan elektron ma`lumotlarga asosan, tranzaksiyalar avtorizatsiyasini o`tkazadi, mijozning kartochka hisobvarag`idan mablag`laridan mablag`larni hisobdan chiqarish uchun avtomatik tarzda elektron memorial orderni shakllantiradi, savdo va xizmat ko`rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha deposit hisobvarag`iga mablag`larni o`tkazish uchun elektron to`lovlar tizimi orqali bank-ekvayerga jo`natadi. c) Bank-ekvayerda, bank-emitentdan olingan elektron memorial orderga asosan, mablag`lar savdo, yoki xizmat ko`rsatish tashkilotining talab qilib olinguncha deposit hisobvarag`iga o`tkaziladi.
Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga tikiladi. To'lov tizimi yaxshi rivojlanishi uchun, kartochkalarga xizmat ko'rsatishda texnik qo'llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi nomoliyaviy tashkilot protsessing va kommunikatsiya markazlari texnik xizmat ko'rsatish markazlari va boshqalar muhim. Protsessing markazi - bu maxsus xizmat ko'rsatuvehi tashkilot bo'lib, ekvayerlardan kelib tushuvehi avtorizatsiya uchun, talablar va o'zida kartochka bilan amalga oshgan to'lovlar va naqd pul berilgan ma'lumotlami aks ettiruvchi protokollarni qabul qiladi. Buning uchun markaz ma'lumotlar bazasini olib borib unda to'lov tizimi a'zolari va kartochka egalari aks ettirilgan. Agar bank emitent o'zida bazasi bo'lmasa (of-line bank) markaz o'zida kartochka egalarining limitlari haqida ma'lumot va avtorizatsiya uchun talablarni bajaradi. Aks holda, (on-line bank) protsessing markazi qabul qilingan talabni bank emitentga yuboradi. Markaz shuningdek, bank ekvayerga ham, javobini yuboradi.Bundan tashqari bir kunda yig'ilgan tranzaksiya protokollari asosida protsessing markazi to'lov tizimining ishtirok etuvchi banklari o'rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun, oxirgi ma 'lumotlarni yig'adi va tarqatadi.
Shuningdek, protsessing markazlari bank emitentlarning boshqa yangi kartochkalariga bo'lgan talabini qondirishi mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki, rivojlangan to'lov tizimi bir qancha protsessing markazlariga ega bo'lishi mumkin ulaming rolini bank ekvayerlar ham bajarishi mumkin.Kommunikatsiya markazlari to'lov tizimi subyektlariga ma'lumotlarni tarqatuvchi tarmoq dasturni ta'minlaydi. Hozirgi vaqtda 201 dan ortiq davlatlarda plastik kartochkalardan to'lov hisobkitoblarda foydalanilmoqda.Plastik kartochkalarning bunchalik ommaviyligining sababi uning afzaliklaridadir.
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblami o'tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:9
1. Kun davomida kartochkalar bo'yicha barcha tranzaksiyalar, hisob-kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o'tkaziladi va hisobkitoblarda qatnashuvchi har bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
2. Hisob-kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan, hisobkitoblar bo'yicha yakuniy summalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisobkitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o'tkaziladi;
3. Tijorat banklari, protsessing markazidan olingan ma'lumotlarga asosan, kartochkalardan foydalangan holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha, mablag'larni mijozlarning hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar. Shunday qilib bu jarayon har kuni plastik kartalarga xizmat ko`rsatish davomida davom ettiriladi. Plastik kartalarning afzalliklari albatta ommaviyligini ta`minlaydi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Xavfsizlikning ortishi, ya`ni foydalanuvchi o`zi bilan juda ko`p miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan esa to`lovni tezda amalga oshirilishi.
2. Valyuta konvertatsiyasidan xavotir olmaslik, buni bankning o`zi amalga oshiradi.
3. Hisob-kitoblarning operativligi;
4. Mahsulot yoki xizmat uchun hisob-kitob qilish vaqtining kamayishi;
5. Pul belgilarining soxtalashishi bilan xavfning yo‘qligi;
6. Mablag‘larning yo‘qotish xavfi;
7. Xo‘jalik sub’ektlari uchun pul mablag‘larining tez aylanishi;
8. Mijozlarga yangi xizmat turlarini taqdim etish va mijozlarga
9. Tadbirkor chegirmalar va imtiyozlarini taqdim etish imkoniyatini olishi bilan imidjning ortishi va doimiy mijozlar sonining ortishi;
10. Naqd pul inkassatsiyasi bilan bog‘liq xarajatlarning kamayishi, pul mablag‘larining aylanishining tezlashishi hisobiga inflyasion yo‘qotishlarning kamayishi kabi afzalliklarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Plastik kartochka infratuzilmasining kengayib borishidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ham manfaat topmoqda. Bugungi kunda 73 mingdan oshiq tadbirkorlik tuzilmasi o‘zlarining ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olish hamda xizmat safari xarajatlari bo‘yicha tezkor hisobkitoblarni amalga oshirmoqdalar. Korporativ kartalar xo‘jalik sub’ektlariga dam olish kunlari yoki bank ish kunidan tashqari paytda ham terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Naqd pul muomalasini takomillashtirishda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi hisob-kitoblarni plastik kartochkalar asosida amalga oshirish afzalligini ko‘rsatdi. Hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirishga o‘tish banklarni banknotalar chop etish, tashish, sanash, qog‘ozbozlik kabi serxarajat ishlardan xalos etish, naqd pul muomalasi barqarorligini saqlash barobarida iqtisodiyotni zarur investitsion resurslar bilan ta’minlaydi, tegishli idoralarning jismoniy va yuridik shaxslar ustidan nazorat qilishini cheklaydi.
Shuni ham ta’kidlash joyiz, Shimoliy Amerika va Evropa, Avstraliya va qator Osiyo mamlakatlarida plastik kartochkalar infratuzilmasini kengaytirish hisobiga muomaladagi naqd pullarni kamaytirish siyosati yuritilmoqda. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi to‘lovlarning elektron hamyonlar yordamida amalga oshirilishi natijasida ish haqlarining naqd pulda berilishi tobora qisqarib bormoqda. Masalan, ish haqlari hozirgi paytda Angliya va Fransiyada 10, Germaniyada atigi 5 foizi naqd pulda to‘lanmoqda. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda byudjet tashkilotlari ishchi-xizmatchilarining ish haqi qaydnomalarini UzASBO dasturidan foydalangan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankda ochilgan Uzcard EMV plastik kartalariga elektron shaklda yuborish imkonini beruvchi yangi tizim yaratilmoqda.
O‘zbekistonda TIF Milliy banki so‘m plastik kartochkalarning dastlabki emmitenti bo‘lib, u mazkur tizimda 1996-yildan buyon o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Plastik kartochkalar nakd pulsiz xisob-kitoblar tizimidatulov vositasi sifatida aloxida urin egallaydi. Plastik kartochkalar bilan xisob-kitob tizimining joriy kilinishi mijozlarga bank xizmatiginani kursatib qolmasdan,balki pul aylanmalarini xarakatini osonlashtirib,naqd pulga bulgan talabni kiskartiradi.xujalik yurituvchi sub’ektlar urtasidagi debitorlik va kreditorlik akrzlarining xajmini kamaytiradi. SHuningdek pul massasini nazorat kilishni soddalashtiradi. Xisob-kitoblarning nakd pulga amalga oshirish va tijorat asosida faoliyat kursatayotgan moliya tizimlariga favkulodda kimmatga tushadi. Muomalaga yangi pul belgilarinichikarish va eskilarini almashtirish va xodimlarni saklab turish ,mijozlarning kup vaktini sarflanishi mamlakat iktisodiyotiga ogir yukdir. Naqd pulni muomalaga kiritish nafakat O`zbekistonda, balki rivojlangan mamlakatlarda xam milliy daromadning qariiyb 5% ni naqd pul aylanmasiga xizmat qilishiga sarflanmoqda. Jaxon tajribasiga tayangan xolda O`zbekiston xukumati tomonidan xam tulov tizimini takomillashtirishda muxim urin egallagan plastik kartochkalarni rivojlanishiga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Plastik kartochkalar bozorini kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda xamda yildan yilga bank emitentlari soni va foydalanuvchilar soni borgan sari ortmokda. Plastik kartochkalarning ahamiyati shundaki, plastik kartochkalar naqd pulsiz xisob-kitoblarning bir ko`rinishi bo`lib, pul mablag`larining aylanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.10



Download 2,35 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 2,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-bob. Plastik kartochkalardan foydalanishning nazariy asoslari

Download 2,35 Mb.