• 28-modda. Bojxona organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash
  • 29-modda. Bojxona organlari xodimlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
  • 30-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti
  • 31-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat sug‘urtasi
  • -modda. Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash




    Download 0,9 Mb.
    bet19/21
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,9 Mb.
    #123889
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    bojxona

    27-modda. Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
    Bojxona organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
    Bojxona organlari xodimlari pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.
    28-modda. Bojxona organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash
    Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan bojxona organlari xodimlari uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
    Bojxona organlari xizmat uy-joy fondini tashkil etishi mumkin.
    Bojxona organlari xodimlariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
    Bojxona organlari xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
    29-modda. Bojxona organlari xodimlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
    Bojxona organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
    30-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti
    Oldingi tahrirga qarang.
    Bojxona organlari xodimlari, boquvchisini yo‘qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.
    (30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    31-modda. Bojxona organlari xodimlarining davlat sug‘urtasi
    Oldingi tahrirga qarang.
    Bojxona organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi.
    (31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 0,9 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Bojxona organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash

    Download 0,9 Mb.