35-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning bojxona organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
(35-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
36-modda. Bojxona organlari xodimlarining javobgarligi
Bojxona organi xodimi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Bojxona organi xodimining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni bojxona organlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Bojxona organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining intizomiy ustaviga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Bojxona organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga sabab bo‘ldi deb hisoblovchi jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona organlarining” intizom nizomi.
Oldingi tahrirga qarang.
37-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2018-y., 03/18/502/2068-son; 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
|