|
-modda. Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish turlari
|
bet | 18/21 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #123889 |
Bog'liq bojxona25-modda. Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish turlari
Bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog‘lig‘ini saqlash;
mehnatiga haq to‘lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug‘urtasi;
ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Bojxona organlari xodimlarining va ular oila a’zolarining sog‘lig‘ini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining xodimlariga, pensionerlariga va ularning oila a’zolariga, Bojxona instituti kursantlariga ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot taqdim etiladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatiladi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-maydagi O‘RQ-540-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son)
Bojxona organlarining xodimlari va pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini tashkil etish, tibbiy tekshiruvni va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
|
| |