• 6-bob. Yakunlovchi qoidalar 33-modda. Bojxona organlarining ramzlari
  • 34-modda. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
  • -modda. Bojxona organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish




    Download 0,9 Mb.
    bet20/21
    Sana19.12.2023
    Hajmi0,9 Mb.
    #123889
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    bojxona

    32-modda. Bojxona organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lganlarning oilalariga bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
    LexUZ sharhi
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyundagi 459-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok bo‘lgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Qonunchilikda xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga ularni bojxona organlaridagi xizmatga va Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
    (32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    6-bob. Yakunlovchi qoidalar
    33-modda. Bojxona organlarining ramzlari
    Bojxona organlari bayroq hamda farqlash belgisiga ega bo‘lishi mumkin.
    Bojxona organlarining bayrog‘i hamda farqlash belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
    34-modda. Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
    Oldingi tahrirga qarang.
    Bojxona organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
    (34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Bojxona organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
    Bojxona organlarida budjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilishi mumkin.
    Bojxona organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda maxsus transport vositalaridan, shu jumladan bojxona organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafik sxemaga ega bo‘lgan transport vositalaridan, shuningdek boshqa maxsus vositalardan foydalanadi.
    Bojxona organlarining moddiy-texnika va transport ta’minotidan foydalanishi tartibi, shuningdek ularning normalari hamda limitlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

    Download 0,9 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 0,9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Bojxona organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish

    Download 0,9 Mb.