1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi




Download 0,9 Mb.
bet9/21
Sana19.12.2023
Hajmi0,9 Mb.
#123889
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
bojxona

(16-moddaning yigirma birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Bojxona organi xodimining avvalgi unvoni tiklanguniga va unga navbatdagi unvon berilguniga qadar maxsus unvonni takroran pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan bojxona organi xodimining avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, unvoni pasaytirilgan kundan e’tiboran bir yil o‘tgach O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan tiklanishi mumkin.
Bojxona organlarining generallar tarkibidagi xodimlarining maxsus unvonlarini pasaytirish va tiklash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan va so‘ngra tiklangan bojxona organi xodimining maxsus unvondagi xizmat muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar o‘tgan xizmat muddati bilan qo‘shib hisoblanadi.
Yuqori yoki teng lavozimga vazifani bajaruvchi etib tayinlangan bojxona organlari xodimlariga ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar egallab turgan lavozimiga muvofiq maxsus unvonlar beriladi.
Bojxona organlari xodimlari ilgari egallab turgan lavozimlarning shtat jadvalidagi o‘zgarishlar (shtatlar qisqarishi, unvonlar ko‘tarilishi yoki pasaytirilishi) ular vazifani bajaruvchi etib tayinlanganidan yoki o‘qishga kirganidan so‘ng inobatga olinmaydi.
Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zga organlardan bojxona organlaridagi xizmatga o‘tkazilgan shaxslarga maxsus unvonlar, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan beriladi.
Bojxona organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni berishda avvalgi ish joyidagi unvonda xizmatni o‘tagan davri inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyishi yoki roziligi asosida bojxona organlaridagi xizmatga generallar tarkibidagi lavozimga yuborilgan, shuningdek bojxona organlaridagi xizmatga boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yoki maxsus unvonlar va darajalar mavjud bo‘lishini nazarda tutuvchi boshqa organlardan o‘tkazish tartibida o‘tkazilgan shaxslarga xizmat qilgan yillari uchun foizli ustamani belgilashda avvalgi ish joyidagi xizmat yoki mehnat staji (foizli ustamani to‘lash uchun belgilangan) inobatga olinadi hamda bojxona organlaridan bo‘shatilgan taqdirda pensiya tayinlash chog‘ida mazkur davr umumiy xizmat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
(16-moddaning o‘ttizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-fevraldagi O‘RQ-755-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2022-y., 03/22/755/0147-son)
Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Maxsus unvonni qayta tiklash to‘g‘risida sudning qarori qabul qilingan bo‘lsa, maxsus unvon O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tiklanadi.

Download 0,9 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 0,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Download 0,9 Mb.