tayyorlashni amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqilishini ta’minlaydi.
Oliy, professional, o‘rta maxsus va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka
talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tegishli vakolatlar
berilgan boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar davlat ta’lim
standartlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda
ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Davlat ta’lim talablari ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli
davlat boshqaruvi organlari
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish maxsus o‘quv
dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalariga
mustaqil ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv dasturlari, malaka talablari hamda o‘quv
rejalari
asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vakolatlarni berishi mumkin.