• 28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish
  • -modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet13/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
    ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim
    muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim
    muassasalari mustasno;
    o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish
    hajmini belgilaydi;
    fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
    jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan
    hamkorlik qiladi;
    davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni)
    belgilaydi;
    ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;
    ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish
    va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab
    chiqadi;
    o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat
    ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;
    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga
    oshirishi mumkin.
    (27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    28-modda. Ta’lim tashkilotini boshqarish
    Ta’lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi:
    pedagogik kengash;


    kuzatuv (vasiylik) kengashi;
    oliy ta’lim tashkilotining kengashi;
    ta’lim tashkilotining rahbari.
    Ta’lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
    Ta’lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish