• 20-modda. Inklyuziv ta’lim
  • -modda. Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    19-modda. Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish
    Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish butun umr davomida o‘qitishning markaziy
    tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim berish hamda o‘qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta
    yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga oladi,
    shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab oladi.
    Rasmiy ta’lim davlat ta’lim muassasalari hamda davlat tomonidan tan olingan
    akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ishtirokidagi institutsionallashtirilgan
    (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga yo‘naltirilgan va
    rejalashtirilgan ta’limdir.
    Norasmiy ta’lim ta’lim xizmatlari taqdim etilishini ta’minlovchi shaxs yoki tashkilot tomonidan
    institutsionallashtirilgan (muayyan qoidalar va normalarni mujassamlashtiruvchi), aniq maqsadga
    yo‘naltirilgan va rejalashtirilgan bo‘lib, shaxsni butun hayoti davomida o‘qitishdagi rasmiy ta’limga
    qo‘shimcha va (yoki) uning muqobilidir.
    Informal ta’lim aniq maqsadga yo‘naltirilgan, ammo institutsionallashtirilmagan (muayyan
    qoidalar va normalarni mujassamlashtirmagan), rasmiy yoki norasmiy ta’limdan ko‘ra kamroq
    tashkillashtirilgan va tarkiblashtirilgandir hamda oiladagi, ish joyidagi, yashash joyidagi va kundalik
    hayotdagi o‘quv faoliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.


    20-modda. Inklyuziv ta’lim
    Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga
    olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng
    imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
    Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim
    tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
    Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
    belgilanadi.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish