• 16-modda. Masofaviy ta’lim
  • 17-modda. Dual ta’lim
  • 18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
  • -modda. Ta’lim olish shakllari




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    15-modda. Ta’lim olish shakllari
    Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
    ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
    ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);


    dual ta’lim;
    oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
    katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
    inklyuziv ta’lim;
    eksternat tartibidagi ta’lim;
    mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
    16-modda. Masofaviy ta’lim
    Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur
    bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon
    axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
    Masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
    tomonidan belgilanadi.
    17-modda. Dual ta’lim
    Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga
    qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim
    oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
    Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
    belgilanadi.
    18-modda. Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish
    Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada ta’lim
    olishi va mustaqil ta’lim olish uslubiy va maslahat yordami ko‘rsatilgan holda tegishli o‘quv
    dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish tartibi, shuningdek ta’lim oluvchilarning toifalari
    ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
    Oilada ta’lim olish bolalar, oila, davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda davlat
    ta’lim muassasasi hamda ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari o‘rtasidagi
    shartnoma asosida amalga oshiriladi.
    Mustaqil ta’lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarni kasbiy,
    intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan
    namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni berish davlat ta’lim muassasalarining tasdiqlangan o‘quv
    dasturiga muvofiq eksternat tartibida amalga oshiriladi.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish