• 33-modda. Ta’lim berish tili
  • -modda. Ta’lim tashkilotining ustavi




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet16/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    32-modda. Ta’lim tashkilotining ustavi
    Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda
    ishlab chiqiladi.
    Ta’lim tashkilotining ustavida, qoida tariqasida, quyidagilar ko‘rsatiladi:
    ta’lim turi va shakli;
    ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari;
    o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish hamda mazmuni;
    ta’lim tashkilotiga qabul qilish tartibi;


    ta’lim tashkilotining tuzilmasi, boshqaruv organlari va jamoatchilik tuzilmalari;
    ta’lim oluvchilar, pedagog kadrlar, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha xodimlar, ma’muriy-
    boshqaruv xodimlarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
    ta’lim tashkilotining mol-mulki va vositalari;
    ta’lim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
    Ta’lim tashkilotining namunaviy ustavi:
    umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabdan tashqari ta’lim
    tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan;
    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
    Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi
    tomonidan;
    oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktablar, o‘rta maxsus, professional va
    oliy ta’lim tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
    tomonidan;
    kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun —
    tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi.
    Ta’lim tashkilotining ustavi ta’lim tashkilotining ta’sischilari tomonidan tasdiqlanadi va
    hududiy tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
    33-modda. Ta’lim berish tili
    Ta’lim tashkilotlarida o‘qitish tilidan foydalanish tartibi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston
    Respublikasi 
    Qonuni
     bilan tartibga solinadi.
     LexUZ sharhi
    Qarang: “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
    6-moddasi
    .

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim tashkilotining ustavi

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish