|
-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish Pdf ko'rish
|
bet | 18/37 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 303,04 Kb. | | #160993 |
Bog'liq O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida35-modda. Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari
asosida ishlab chiqiladi.
Tegishli davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlaridagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarining
mazmuni, ularni ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumta’lim fanlarining o‘quv dasturlari shaxsni har tomonlama kamol toptirishga, ta’lim
oluvchilarda bilim, malaka, ko‘nikmalarni, saviyani shakllantirishga va ularning qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kasbga oid fanlarning o‘quv dasturlari ta’lim oluvchilar tomonidan tegishli kasblar va
mutaxassisliklarni egallashga qaratilgan.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish ta’lim tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
o‘qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy etish chog‘ida ta’lim tashkilotlari
kredit-modul tizimiga asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati
va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan
haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda boshqa
zarur parametrlar aks ettiriladi.
Professional va oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir
o‘quv rejalarda ta’lim oluvchilar uchun amaliyot o‘tash nazarda tutiladi.
Ta’lim oluvchilarning amaliyotni o‘tash tartibi va uni tashkil etish ta’lim sohasidagi vakolatli
davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi.
Professional va oliy ta’limga doir o‘quv rejalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq
mutaxassislik fanlaridan, shuningdek umumkasbiy, matematika, tabiiy-ilmiy, gumanitar va
qo‘shimcha fanlardan shakllantiriladi.
O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi organlarining topshiriqlariga asosan va ushbu Qonunda
nazarda tutilmagan boshqa yo‘l bilan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
|
| |