Maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari
bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarning
kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli.
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari
hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.