• 45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
  • -bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet23/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
    44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
    Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar
    pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va
    diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga
    ega.
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga
    ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida
    (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
    (44-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional ta’lim
    tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
    Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini,
    shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan
    boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi
    mumkin.
     LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy
    ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish
    tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
    qarori
    .
    45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari
    Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar
    ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va
    obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va
    qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
    Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik
    obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
    Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim
    oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog
    xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
    o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
    o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish
    uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish,
    ijodiy faollik ko‘rsatish;
    zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda
    ulardan foydalanish;
    kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
    o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul
    foydalanish;
    davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv
    dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
    ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok
    etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
    ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq
    masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;


    kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari
    bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
    o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun
    pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
    o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
    davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim
    muassasalari va tashkilotlari uchun);
    ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    (45-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday
    boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish