Tashqi baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin Ta’lim inspeksiyasi
tomonidan amalga
oshiriladigan baholashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari asosida tashkil etilgan,
shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari va mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan kundan
e’tiboran besh yil mobaynida akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran
besh yil davomida
akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach,
ushbu Qonunda belgilangan
tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida Ta’lim inspeksiyasi
huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
Davlat akkreditatsiyasi ta’lim tashkilotining attestatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Doimiy
faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotining
maqomini va uning
faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligini
aniqlaydi.
Ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda,
unga davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi
sertifikat beriladi.
Ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda
davlat akkreditatsiyasi
to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi Ta’lim inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari yoki sertifikatda ko‘rsatilgan shartlar buzilganligi
aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti tomonidan bartaraf etilmagan hollarda
Ta’lim inspeksiyasi tomonidan davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishini bekor
qilish xaqida qaror qabul qilinadi.
(58-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining reyestriga kiritiladi
va bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim
muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida
nizom
”.