• 60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
  • 61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
  • -modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet32/37
    Sana22.02.2024
    Hajmi303,04 Kb.
    #160993
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Bog'liq
    O‘RQ-637-сон 23.09.2020. Ta’lim to‘g‘risida

    59-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
    Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular Ta’lim
    inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va ko‘rsatkichlari
    asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
    Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki baholash
    natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi.
    Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va
    ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi.
    Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi.
    60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
    Xorijiy davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish
    jarayonidan o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga
    ega hujjat sifatida tan olinadi.
    Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan
    amalga oshiriladi.
    Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
    Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
     LexUZ sharhi


    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy
    davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini
    qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi 
    nizom
    .
    61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
    Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining
    haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash
    maqsadida qo‘yiladi.
    Apostilga qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.
    Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim inspeksiyasi
    tomonidan amalga oshiriladi.

    Download 303,04 Kb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish

    Download 303,04 Kb.
    Pdf ko'rish