Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida
mustaqil
ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va
mehnatga haq to‘lash hamda uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.
54-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti
Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-sonli “Yetim
bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning
ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.
55-modda. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarni
(shaxslarni) o‘qitish hamda tarbiyalash
Davlat
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning (shaxslarning)
davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim
muassasalarida inklyuziv shaklda bepul umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
professional va maktabdan
tashqari ta’lim olishini ta’minlaydi.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, shuningdek uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash uchun
davlat ixtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Ta’lim oluvchilarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va
ulardan chetlatish ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi
bilan tibbiy-psixologik-
pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar davlat ta’minotida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-sonli
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari faoliyati to‘g‘risida”
qarori
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli “Alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.