73-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati
tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi hamda
boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar
va tashkilotlar ushbu
Qonunning
ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi
tahrirga qarang.
74-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(74-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
75-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-sentabr,
O‘RQ-637-son