• 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
  • 3-modda. Asosiy tushunchalar
  • 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
    TA’LIM TO‘G‘RISIDA 
    Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
    Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
    Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    2-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik 
    Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. 
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining 
    ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
    xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 
    (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — 
    Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
     LexUZ sharhi 
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
    15-moddasi

    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
    davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat 
    ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim 
    standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan 
    e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining 
    taqdim etilishidan iborat jarayon;
    davlat ta’lim muassasasi — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki 
    bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga 
    muvofiq ta’lim beradigan muassasa; 
    davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan 
    belgilanadigan talablar majmui; 
    davlat ta’lim talablari — ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-
    sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy 
    sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar;
    malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini 
    ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va 
    ko‘nikmalar darajasi; 
    mutaxassislik — malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining 
    nomi; 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    nodavlat ta’lim tashkiloti — davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv 
    dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan 
    litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
    (3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-
    721-sonli 
    Qonuni
     tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
    tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama 
    kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga 
    qaratilgan tizimli jarayon; 


    ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, 
    shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, 
    qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
    ta’lim kampusi — yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot 
    institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni 
    ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini 
    (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda 
    inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori 
    samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti; 
    ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim 
    oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari; 
    ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim 
    standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, 
    darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.

    Download 0,57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish