tayanch
doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida
ilmiy darajaga ega ilmiy va
ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar
uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali
ilmiy va ilmiy-pedagog
kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor
of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan
keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi,
shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim
olish
xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/4–son “Ilmiy darajalar berish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2894, 2017-yil 23-iyun).
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonunchilikda belgilanadi.
(12-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy
ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori.