-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana17.05.2024
Hajmi0,57 Mb.
#239821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim 
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka 
hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan. 
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: 


boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar); 
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar); 
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar). 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda 
qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur 
bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini 
rivojlantiradi. 
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha 
birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga 
yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va 
ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka 
talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori 
malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
(9-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “O‘zbekiston Respublikasida 
uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy 
hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
qarori
, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son 
“O‘zbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori.
 
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan 
o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida ikki yil 
mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, 
shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim olishini 
ta’minlaydi. 
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim to‘lov-shartnoma asosida 
amalga oshirilishi mumkin. 
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va boshqa 
ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt 
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va 
o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni o‘ttiz 
besh nafardan oshmasligi kerak. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-sonli “Ayrim 
fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi 
qarori


Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim

Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish