|
-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllariBog'liq TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
6-modda. Ta’lim tizimi
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi
ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot
ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi
tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
7-modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual,
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy
o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich
ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni
,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son “Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha
ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni
bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining
9-bobi
.
|
| |