• 14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
  • -modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    13-modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
    Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan 
    yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va 
    ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. 
    Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi 
    hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga 
    xizmat qiladi.
    Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli 
    davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. 
     LexUZ sharhi 
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli 
    “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 
    to‘g‘risida”gi 
    qarori
    , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-sonli 
    “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 
    chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
    qarori

     LexUZ sharhi 
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 
    26-moddasi

    14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim 


    Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat 
    organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, 
    texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
    Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning 
    iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. 
    Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, 
    klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari
    bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish 
    muassasalari kiradi. 
    Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi 
    tomonidan belgilanadi. 
     LexUZ sharhi 
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan 
    “Maktabdan tashqari ta’lim muassasasi to‘g‘risida”gi 
    nizom

     LexUZ sharhi 
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 31-martdagi 7-mh-son 
    “Maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida”gi 
    qarori
    (ro‘yxat raqami 
    2663, 2015-yil 9-aprel). 

    Download 0,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish