• 30-modda. Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
  • -bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    4-bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
    29-modda. Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi 
    O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy 
    davlatlar ta’lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi. 
    Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi ta’lim xizmatlari yakka tartibdagi 
    tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyati bilan 
    shug‘ullanishga haqli bundan ushbu Qonunning 
    57
    1
    -moddasida
     nazarda tutilgan hollar mustasno. 
    (29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
    Qonuni
     tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) 
    Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlari asosida yuritadi. 
    Ta’lim tashkilotlari o‘quv-tarbiya va o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga birlashishga 
    haqli.
    Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga yo‘l 
    qo‘yilmaydi. 
    30-modda. Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
    Davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, 
    shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    qarorlari bilan tashkil etiladi.
    Iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning oliy ma’lumotli malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini, 
    shuningdek aholining oliy ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirish maqsadida mamlakat 
    hududida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa 
    bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin.
    Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxs 
    maqomi bilan tashkil etiladi.
    Xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning ta’lim muassasalari 
    filiallari (markazlari, ta’lim kampuslari) va boshqa bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish masalalari 
    bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
    Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha davlat ta’lim 
    muassasalari: 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan institutlar va markazlar shaklida; 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    tegishli vazirliklar hamda idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
    ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasalarining fakultetlari va kurslari shaklida 
    tashkil etiladi.
    (30-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-
    noyabrdagi O‘RQ-880-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 
    03/23/880/0905-son) 
    Davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari: 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 


    respublika bo‘ysunuvida vazirliklar va idoralar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
    Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda;
    (30-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-
    noyabrdagi O‘RQ-880-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 
    03/23/880/0905-son) 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ysunuvida tegishincha 
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 
    tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda; 
    tumanlar va shaharlar bo‘ysunuvida tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan 
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
    Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga 
    oshiriladi.
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda 
    amalga oshiriladi. 
    (30-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
    sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
     LexUZ sharhi 
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy 
    o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 
    3-bobi
    , O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 
    30-moddasi.
     
    Ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
    davlat statistika organlariga, Ta’lim inspeksiyasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va 
    mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi.

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish