• 42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring
  • 43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
  • -modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #239821
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
    Bog'liq
    TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN

    41-modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi 


    Ta’lim tashkilotlarining reytingi: 
    ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish; 
    ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining o‘sishini va sifatining oshishini rag‘batlantirish; 
    pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish; 
    o‘qitish sifatining yuqori ko‘rsatkichlariga erishish; 
    mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadlarida belgilanadi. 
    Reytingni belgilash uchun ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning 
    ishonchliligi uchun ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar bo‘ladi. 
    42-modda. Ta’lim tizimidagi monitoring
    Ta’lim tizimidagi monitoring ta’limning holatini, ta’lim natijalarining o‘zgarishi sur’atlarini, 
    ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va kuzatishni, 
    shuningdek ta’lim oluvchilarning kontingenti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul 
    qilinishini tahlil etishni o‘z ichiga oladi.
    Ta’lim tashkilotlarining monitoringi Ta’lim inspeksiyasi, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat 
    boshqaruvi organlari va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
    Ta’lim holatining tahlili va uni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risidagi axborot Ta’lim 
    inspeksiyasining, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy 
    bo‘linmalarining, shuningdek ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi. 
    Ta’lim tizimidagi ma’lumotlar jumlasiga rasmiy statistika ma’lumotlari, ta’lim tizimi 
    monitoringi natijalari, ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va ular hududiy 
    bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ta’lim tashkilotlarining 
    ma’lumotlari kiradi. 
    43-modda. Ta’lim sohasidagi davlat nazorati
    Ta’lim sohasidagi davlat nazorati berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati davlat ta’lim 
    standartlariga, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga, shuningdek ushbu Qonun talablariga 
    muvofiqligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
    Ta’lim tashkilotlari ta’lim sifati ustidan nazoratni amalga oshirishda Ta’lim inspeksiyasiga, 
    ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga ko‘maklashadi. 
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to‘g‘risidagi 
    qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlangan hollarda Ta’lim inspeksiyasi nomuvofiqlikni bartaraf etish 
    yuzasidan ularga taqdimnoma kiritadi. Aniqlangan nomuvofiqlik bartaraf etilmagan taqdirda Ta’lim 
    inspeksiyasi ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini qonunchilikka 
    muvofiq bekor qilishga haqli. 
    (43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
    Qonuni 
    tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Ta’lim sifati ustidan nazorat qilish vakolatlariga ega bo‘lmagan organlar tomonidan ta’lim 
    tashkilotlarining ta’lim sifatini, ta’lim jarayoni tashkil etilishini, pedagog xodimlarining mehnat 
    faoliyatini, ta’lim oluvchilarining o‘zlashtirishini tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
    Ta’lim inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik 
    subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor qilgan 
    holda nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
    Oldingi
     tahrirga qarang. 
    (5-bob O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-sonli 
    Qonuniga 
    asosan o‘z 
    kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son) 

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ta’lim tashkilotlarining reytingi

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish