yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim
muassasasiga qabul qilinish;
ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim
olish;
ta’lim olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi
inobatga olingan
holda zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan
foydalanish;
davlat ta’lim muassasasi tomonidan
belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim va oliy
ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga
binoan ishlab chiqilgan, o‘zi oladigan ta’limning
mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;
pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va
sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan
himoyalanish;
ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
akademik ta’tillar
va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim
tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan, mutaxassisligidan
boshqasiga
ko‘chirish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy,
sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan
bepul foydalanish;
ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy,
eksperimental
va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb
etish taqiqlanadi.