|
-modda. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilishBog'liq TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI QONUN39-modda. Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish tegishli hududlarning, sohalar va
tarmoqlarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ular uchun belgilangan ta’lim
oluvchilarni qabul qilish parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga maqsadli qabul qilish kadrlar buyurtmachilari, davlat
ta’lim muassasalari va fuqarolar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish tartibida o‘qishga kirish umumiy asoslarda
tanlov natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
40-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat
Akkreditatsiya qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim
talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim
to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ta’lim olgan
hamda akkreditatsiya qilingan davlat ta’lim muassasalarining tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha
eksternat tartibida yakuniy va davlat attestatsiyasidan o‘tgan shaxslarga ham beriladi.
O‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga
o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlar bo‘yicha baholari yozilgan varaqa ilova
qilinadi.
Tegishli ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga falsafa doktori
(Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi beriladi va davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasidagi ikki
tomonlama bitimlar asosida ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni o‘zaro tan olish amalga oshirilishi mumkin.
Uzluksiz ta’limning tegishli turini tamomlamagan shaxslarga belgilangan namunadagi
ma’lumotnoma beriladi.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat, shuningdek nodavlat
ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta’lim
to‘g‘risidagi hujjat uzluksiz ta’limning keyingi turi (darajasi) bo‘yicha o‘qishni davom ettirish yoki
tegishli mutaxassislik va kasb bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Xorijiy davlatlarning va O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy ma’lumot
to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkin.
|
| |