58-modda. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan
o‘tkazish
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga
oshiruvchi ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim
standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv
dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
(58-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni
beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari
attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tadi.
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish besh yil
muddatga amalga oshiriladi.
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish ta’lim
tashkilotlarining arizasiga ko‘ra Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ariza akkreditatsiya
muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestatsiya ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi baholash
bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki baholash ta’lim tashkilotining o‘zini o‘zi baholashidir.
Tashqi baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin Ta’lim inspeksiyasi
tomonidan amalga
oshiriladigan baholashdir.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, idoralari va
mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan kundan e’tiboran besh yil
mobaynida akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
(58-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran besh yil davomida
akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda belgilangan tartibda
attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida Ta’lim
inspeksiyasi
huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
Davlat akkreditatsiyasi ta’lim tashkilotining attestatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Doimiy
faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotining maqomini va uning
faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o‘quv
dasturlariga muvofiqligini
aniqlaydi.
Ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda,
unga davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi
sertifikat beriladi.
Ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat akkreditatsiyasi
to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi Ta’lim inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilikning talablari yoki sertifikatda ko‘rsatilgan
shartlar
buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti tomonidan bartaraf etilmagan
hollarda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal
qilishini bekor qilish xaqida qaror qabul qilinadi.
(58-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining reyestriga
kiritiladi va bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat
ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
.